ⓘ Mayoq - suzib ketayotgan kemalar uchun moljal olishga imkon beradigan minora korinishidagi navigatsiya inshooti. Uzoqdan korinib turishi uchun minoraning yuqori ..

                                     

ⓘ Mayoq

Mayoq - suzib ketayotgan kemalar uchun moljal olishga imkon beradigan minora korinishidagi navigatsiya inshooti. Uzoqdan korinib turishi uchun minoraning yuqori qismi yoruglik signalizatsiyasi bilan taminlanadi. M. qadimdan malum. Mil. avval 283 yil Misr porti Iskandariya yaqinida kurilgan Faros mayogi "dunyoning yetti mojizasi"dan biri hisoblangan. Qadimda bu maqsadda sham va chiroqlardan foydalanishgan. Elektr toki paydo bolganidan keyin elektr yoritqichlardan foydalaniladigan boldi. Hozir elektr lampali kuchli optik apparatlar, lazerlar ishlatiladi. Bular tunda M.larning kamida 15 dengiz mili dan korinib turishini taminlaydi. M.ning qirgoqqa quriladigan, dengizning ozida tabiiy yoki suniy asos ustiga kuriladigan va suzuvchi xillari boladi. Elektr va lazer M.dan tashqari, signalizatsiyaning boshqa turlari ham bor, mas, akustik, radiotexnik, suv osti - Vazifasiga karab, M.lar yol korsatuvchi, qabul qiluvchi, ogohlantiruvchi, burilishni korsatuvchi va tavaqali xillarga bolinadi. Yoruglik, radiotexnik va tovush apparaturali avtomat universal M.lar ham bor.