ⓘ Maysur - Jan. Hindistonda joylashgan tarixiy viloyat. Milodiy 3 - 11-asr larda M. qududida gangalar sulolasi hukmronlik qilgan. Ular ozlaridan kora ancha kuchli ..

                                     

ⓘ Maysur

Maysur - Jan. Hindistonda joylashgan tarixiy viloyat. Milodiy 3 - 11-asr larda M. qududida gangalar sulolasi hukmronlik qilgan. Ular ozlaridan kora ancha kuchli imperiyalar - Garbiy Chalukya, Rashtrakut, Chola sulolalariga tobe bolishgan. 12 - 14-asr ortalarida M.ning deyarli barcha xududlari Xoysallar davlatiga, keyinchalik 16-asr oxirigacha Vijayanagar davlatiga qoshib olingan. 1399 yilda Vijayanagarga vassal bolgan M. knyazligi tashkil topgan. 1610 yilda M. mustaqillikka erishgan. taxminan 1761 yilda knyazlikdagi hokimiyat Haydar Alining qoliga otgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, jumladan, kuchli armiyani vujudga keltirgan va muvaffaqiyatli urushlar natijasida kannara xalqiga mansub aholini tashkil qilgan butun hududni oz hokimiyati ostida birlashtirgan. Uning ogli Tipu Sulton davrida M. Jan. Xindistondagi eng kuchli davlatga aylangan va Malabar, Andxra va Tamilnad davlatlariga qarashli yerlarning bir qismini bosib olgan. 18-asrning 2-yarmida 4-ingliz - M. urushlari natijasida M.ning hududi kichraygan. 19-asrda ingliz mustamlakachilari yangi talim va yozuvni joriy etganlar. Sekin-asta shahar aholisining ortahol qatlami shakllana borgan. M.ning ijtimoiy-iqgisodiy va madaniy rivojlanishiga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgandan keyin 1947 yil M. respublikaning shtatlaridan biriga aylangan. 1973 yilda ushbu shtatning nomi Karnataka deb ozgartirilgan.