ⓘ Markiz orollari - Tinch okeanning markaziy qismidagi vulkan orollari guruhi, Polineziyasa. Fransiya mulki. Maydoni 1049 km². Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiv ..

                                     

ⓘ Markiz orollari

Markiz orollari - Tinch okeanning markaziy qismidagi vulkan orollari guruhi, Polineziyasa. Fransiya mulki. Maydoni 1049 km². Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiva-Oa. Zamini bazalt va tuflardan tashkil topgan. Eng baland joyi 1259 m. Qirgoklari qoyali, tik. Iklimi tropik, passatli iqlim. Ortacha oylik temperatura 22° dan past bolmaydi. Yiliga 1000 mm gacha, shamolga ropara yon bagirlarda esa 2500 mm gacha yogin yogadi. Orollar sernam tropik ormonlar va butazorli savannalar bilan qoplangan. Kokos palmasi, paxta, banan, kofe plantatsiyalari bor. Baliq, marvarid va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Turizm rivojlangan. Markiz orollarini 1595 yilda ispan dengizchi sayyohi A. Mendanyade-Neyra tadqiq etgan va Peru vitseqiroli markiz Mendosa sharafiga shunday atagan. Mamuriy markazi - Taioxae.

                                     
  • Tokelau orollari Kuk arxipelagi, G arbiy Samoa, Sharqiy Samoa, Layn, Tubuai, Markiz orollari Pasxa orol, Jamiyat orollari Tuamotu orollari va boshqa
  • Paul Gauguin talaffuzi: Pol Gogen 1848.7.6, Parij - 1903.8.5, Markiz orollari - fransuz rassomi postimpressionizmning yirik vakili. 1883 - yildan ijod
  • Zelandiya esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari Pasxa orol va boshqa kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi
  • oblastio.ning g arbiy qismi Melaneziya orollari guruhi faunasi sharqiy qismiga nisbatan xilma - xil. Mac, Taiti va Markiz o.da qushlar, sudralib yuruvchilar