ⓘ Marmar kishmish, marmari, yerevani - marmar rangli urugsiz mayizbob uzum navi. Vatani - Armaniston. Oq kishmishning vegetativ ozgarishidan yuzaga kelgan deb his ..

                                     

ⓘ Marmar kishmish

Marmar kishmish, marmari, yerevani - marmar rangli urugsiz mayizbob uzum navi. Vatani - Armaniston. Oq kishmishning vegetativ ozgarishidan yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Sharqiy ekologik geografik navlar guruhiga mansub. Bargi ortacha dumaloq, toqyashil, 3 - 5 bolak, chetlaridagi tishlari arrasimon, keng asosli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, shakli silindrsimon, gujumlari zich yoki ortacha zich, gujumi mayda, yumaloq, Etdor, sershira, posti ortacha qalinlikda, tarkibida qand moddasi 25%, nordonligi 4.8 g/l. Vegetatsiya davri 145 - 147 kun. Avg. oxirida toliq pishadi. Hosilga erta kiradi. Hosildorligi 120 - 150 s/ga. Kul kasalligi va barg orovchilarga nisbatan chidamli. Orta Osiyo hududida ekiladi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi.