ⓘ Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya - modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari io ..

                                     

ⓘ Mass-spektroskopiya

Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya - modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat mass-spektrometrlar bilan olchanadi. Olingan spektrga kora, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini olchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.

Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toliq buglatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Malum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi organiladi, zaryadli zarralarning toqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya kop sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi olchangan boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda olchash mumkin.