ⓘ Materiallarni sinash - materiallarning texnologik va fizik xossalarini maxsus asboblar, mashinalar, modellar, mikroskop va stendlar yordamida aniqlash. Mexanik, ..

                                     

ⓘ Materiallarni sinash

Materiallarni sinash - materiallarning texnologik va fizik xossalarini maxsus asboblar, mashinalar, modellar, mikroskop va stendlar yordamida aniqlash. Mexanik, fizik, kimyoviy va strukturaviy sinashturlari mavjud. Mexanik sinashda materiallar chozilishga, siqilishga, buralishga, kesish va qirqishga, charchashga, mustahkamlikka, zarbaga chidamlilik va boshqa xossalarga sinaladi, yani barcha mexanik xossalari aniqlanadi. Fizik sinashda materiallarning elektr otkazuvchanligi, issikdik otkazuvchanligi,magnit singdiruvchanligi va boshqa fizik xossalari aniqlanadi. Kimyoviy sinashda materiallarning kimyoviy tarkibi, erish va qotish temperaturasi, korroziyabardoshligi, reaksiyaga kirishuvchanligi, payvandlanuvchanligi va boshqa xossalari aniqlanadi. Strukturaviy sinashda materiallarning makro- va mikrotuzilishlari, kristallik tuzilishi va boshqa aniqlanadi. Bunda rentgen nurlaridan ham foydalaniladi. Materiallarni sinashning sinash obyektini buzib va buzmay sinash usullari mavjud. Birinchi usulda sinaladigan materiallar shikastlanadi, bazan butunlay yemiriladi, ikkinchi usulda materiallarga shikayet yetmaydi, ulardan yana foydalanish mumkin.

Materiallarni sinash ishlari nazariy bilimlarga asoslanib otkaziladi. Binolar, inshootlar, kopriklar, mashina va mexanizmlar, kosmik kema va raketalar, kiyim-kechaklar va boshqa jami narsalar Materiallarni sinash natijalariga asoslanib quriladi, yasaladi, tayyorlanadi va tikiladi.

Fatxulla Abdullayev.