ⓘ Matlubot jamiyati - matlubot kooperatsiyasining quyi bogini. Matlubot jamiyatini ixtiyoriylik asosida uyushgan paychilar tashkil etadi. U oz faoliyatini kengayt ..

                                     

ⓘ Matlubot jamiyati

Matlubot jamiyati - matlubot kooperatsiyasining quyi bogini. Matlubot jamiyatini ixtiyoriylik asosida uyushgan paychilar tashkil etadi. U oz faoliyatini kengaytirib, qishloq xojaligi mahsulotlarini tay-yorlash, umumiy ovkatlanishni tashkil etish va aholi istemoli bilan bogliq boshqa bir necha xil xizmatlarni ham bajaradi. Matlubot jamiyati bevosita istemolchi va mahsulot yetishtiruvchilarni birlashtirgan holda qishloq joylarida tarkib topadi. Mamlakat, viloyat, tuman uyushmalariga birlashadi. Viloyatlardagi "Matlubotsavdo" uyushmasi hududdagi Matlubot jamiyatilarni birlashtirgan holda ularning manfaatlarini himoyalash vakolatlariga ega bolib, ularning xojalik va moliyaviy faoliyatlarini birgalikda, markazlashgan tarzda rivojlantirishni taminlaydi. MATLUBOT KOOPERATSIYASI -azolarning pay toloviga asoslangan, istemol mollarni sotib olish, ishlab chiqarish va sotish uchun tuzilgan uyushma. Dastlabki Matlubot jamiyatilari 18-asrning oxiri - 19-asr boshlarida Buyuk Britaniyada vujudga keldi va keyinchalik Fransiya, Germaniya, Italiyada va Yevropaning b. mamlakatlarida keng tarqaldi. Hozirgi vaqtda Matlubot jamiyatilari Osiye’ning bazi mamlakatlarida, Amerika, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Meksika va Avstraliyada rivojlangan. 20-asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shveysariya mamlakatlarining umumiy tovar aylanmasida Matlubot jamiyatilari ulushi 8 - 11%ni, Finlyandiyada 36%ni tashkil etdi.

Matlubot jamiyati Ozbekiston hududiga chor Rossiyasi mustamlakachilari bilan kirib kelgan. Dastlab kasbkorlik asosida shakllanib, ishchilar va ofitserlar Matlubot jamiyati paydo bolgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab aholi taminotida katta orin egalladi. Matlubot jamiyati oziq-ovqat, kiy-im-kechaklar sotib olish va sotish bilan chegaralanmay qishloq xojaligi mahsulotlarini tay-yorlash, istemol mahsulotlari ishlab chiqarish asosida ham matlubotchilarni birlashtirdi.

Matlubot jamiyatining respublika tashkiloti - "Ozbekiston matlubot jamiyatlari ittifoqi" "Ozbekbirlashuv" 1925 yil yanvar da ishchi, qishloq, shahar kooperativlari va harbiy kooperativlarni birlashtirgan 26 matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan. Respublikada Matlubot jamiyati tizimi - "Ozbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar "Matlubotsavdo" aksiyadorlik kompaniyalari faoliyat korsatadi. Jami 592 aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtiradi, 80 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar savdo, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, qurilish, bordoqichilik va parrandachilik, qishloq xojaligi mahsulotlarini tayyorlash, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqa sohalarda faoliyat korsatadi 2003.

Muxtor Rasulov.