ⓘ Maxdumi Azam - movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik rahnamosi. Ilk talimni Koson shahrida olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Alig ..

                                     

ⓘ Maxdumi Azam

Maxdumi Azam - movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik rahnamosi.

Ilk talimni Koson shahrida olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, song Toshkentga kelib, Xoja Axrorning shogirdi Muhammad Qozi 1516-yil v.e.ga xalifa boladi. Ustozi bilan Hirotga safar qiladi, Abdurahmon Jomiy bilan uchrashadi. 1503-yil Buxoroga kochib keladi. Bir oz vaqt otgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targib eta boshlaydi.

Muhammad Qozi vafotidan song tariqat shayxlari Maxdumi Azamni oz peshvolari sifatida etirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Bobur Maxdumi Azamga bagishlab ruboiylar yozdi. Maxdumi Azam ham shoir haqidagi "Boburiya" risolasini yozib, Hindistonga jonatgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari Maxdumi Azamni ozlarining piri deb bilganlar.

Maxdumi Azam tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik talimotini rivojlantirdi. Uning "Asror unnikoh" "Nikoh sirlari", "Ganjnoma" "Boylik haqida risola", "Risolat unsamiyyatun" "Samo risolasi", "Bayoni zikr" "Zikr bayoni", "Risola-i silsila-i Xojagon" "Xojagon silsilasiga oid risola", "Meroj-uloshiqiyn" "Oshiqlar meroji", "Murshidu-solikiyn" "Soliklar murshidi", "Risola-i Naqshbandiyya", "Risolat un-vujudiyyatun" "Vujudlar haqida risola" kabi 30 dan ortiq risolasi bor. Bu asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga toxtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx munosabatlari ozaro hurmat-izzat asosida qurilmogi lozimligini uqtirgan. Maxdumi Azam fikricha, tariqat azolari xalqqa yaqin bolib, uning dardlari va ehtiyojlariga qaygudosh bolsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. Maxdumi Azam asarlari Ozbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • DeWeese, Devin. 1996. "The Mashā’ikh-i Turk and the Khojagān: Rethinking the Links between the Yasavī and Naqshbandī Sufi Traditions, Journal of Islamic Studies, 72, pp. 180 - 207.
  • Schimmel, Annemaire. 1972. "Nur ein störrisches Pferd…," in Ex Orbe Religionum: Festschrift für Geo Widengren, Leiden: Brill. vol. 2, pp. 98-107.
  • Gardner, Victoria R. 2006. "The Written Representation of a Central Asian Sūfī Shaykh: Ahmad ibn Mawlānā Jalāl al-Dīn Khwājagī Kāsānī Makhdūm-i Azam’ d. 1542, unpublished PhD Dissertation, The University of Michigan.