ⓘ Mashina va mexanizmlar dinamikasi - mashina va mexanizmlarning harakatini ularga tasir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda orga-nuvchi bilim tarmogi; mashina ..

                                     

ⓘ Mashina va mexanizmlar dinamikasi

Mashina va mexanizmlar dinamikasi - mashina va mexanizmlarning harakatini ularga tasir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda orga-nuvchi bilim tarmogi; mashina va mexanizmlar nazariyasi bolimi. Asosiy vazifalari: mashina va mexanizmlar zvenolariga tashqi kuchlar, tortishish kuchlari, ishqalanish kuchlari va inersiya kuchlarining tasirini organish hamda ular harakatlanganda sodir boladigan dinamik nagruzkalarni kamaytirish usullarini belgilash; mashina va mexanizmlar harakat rejimlarini ularning zvenolariga qoyilgan kuchlar tasirida organish va kerakli harakat rejimlarini taminlovchi usullarni belgilash. Birinchi masalani yechishda tashqi kuchlar va zvenolarning harakat qonunlari malum deb hisoblanadi. Hisoblashlarda mexanizmlar kineto-statikasi usuliga tayanadi; bunda ketma-ket yaqinlashish usuli bilan kinematik juftlarda haqiqiy reaksiyalarga yaqini aniqlanadi. Reakiiyalarning qiymatidan zvenolarni mustahkamlikka hisoblashlarda foydalaniladi. Zvenolarning kinematik juftlardagi notekis harakatida zvenolarni, poydevor va boshqalarni titrashga olib keluvchi qoshimcha dinamik nagruzkalar hosil boladi. Zvenolar massalarini ratsional tanlab, yani mexanizm massalarini muvozanatlab bular bartaraf qilinadi. Ikkinchi masalani yechishda keltirilgan kuchlar va massalar usulidan foydalaniladi: bunda barcha kuchlar va massalar bitta zvenoga - keltirilgan zvenoga qoyiladi. Harakat tenglamalarini yechib va keltirilgan zvenoning harakat qonunini aniqlab, mashinaning kerakli harakat rejimini taminlovchi kuch, massa va tezliklarning oggtimal munosabatlari tanlanadi.

Agar, mas, keltirilgan zveno tezligining davriy ozgarishi tashqi kuchlarning davriy ozgarishi bilan bogliq bolib, u ruxsat etilgandan oshea, mashinaga qoshimcha detal - tebranishlar amplitudasini kamaytiruvchi maxovik kiritiladi. Tashki kuchlar tasodifiy ozgarishi bilan vujudga keladigan davriy bolmagan tebranishlar bolganda rostlagichlardan foydalaniladi. M. va m. d. materiallar karshiligi, elastiklik nazariyasi, tebranishlar nazariyasi, analitik mexanika va boshqa bilan bogliq yana q. Inshootlar dinamikasi.