ⓘ Mashina va mexanizmlar nazariyasi - mashina va mexanizmlar uchun umumiy bolgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexani ..

                                     

ⓘ Mashina va mexanizmlar nazariyasi

Mashina va mexanizmlar nazariyasi - mashina va mexanizmlar uchun umumiy bolgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga bolinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar uchun umumiy bolgan xossalar organiladi. Mashinalar nazariyasi da - texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy bolgan usullar organiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogliq, chunki istalgan mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi.

M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch bolimga ajratish mumkin: mexanizmlar sintezi, mashina va mexanizmlar dinamikasi, avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi malum harakatning bajarilishini taminlaydigan sxemani tanlash va shu sxema parametrlarini topish bilan shugullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da - ayrim mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich - sintezning asosiy mezoni va shartlarini tanlash, yani qoyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi. Ikkinchi bosqich - sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning vazifasiga karab tanlanadi. Bazi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi juda murakkab. Uchinchi bosqich - cheklash shartlarini hisobga olgan holda asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar tizimini yechishga togri keladi. Avtomatmashinalar nazariyasida mantiqiy algebrani qollashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qollaniladi. Robotlarnn loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng songgi yutuqlaridan biri boldi.

M. va m. n. nisbiy harakatda boladigan inshootlar mexanikasi bilan ham shugullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi deb ataladi.

M. va m. n.da mexanizm kismlari zve-nolari mutlaq qattiq jism deb qaraladi. Mashina va mexanizmlar kinematikasini organishda mexanizm tarkibidagi yetakchi zveno mas, krivoship ning aylanishlar soni ozgarmas deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik S olchov birligi sifatida metr, vaqt t olchov birligi sifatida sekund, kuch G olchov birligi sifatida - nyuton qabul qilinadi. Mac, tezlik g> ning olchov birligi: M. va m. n. qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini, matematika hamda chizma geometriya fanlarini texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi.

Mashina va mexanizmlarni organish bilan qadimdan shugullanib kelishgan. Mac, richag, pona, blok kabi mashina detallari Aristotel nomi bilan bogliq. Arximed qarang Arximed vin-ti, Geron asarlarida ham ular haqida malumotlar uchraydi. Abu Ali ibn Sino "Akl mezoni" asarida richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tashkil topgan mexanik tizimlarning ishlash prin-sipini batafeil bayon etgan, Abu Rayhon Beruniy, Axmad al-Fargoniy asarlarida ham mexanizmlarga oid malumotlar bor yana q. Mexanika.