ⓘ Mexanizmlar nazariyasi - mexanizmlarni tekshirish, muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq yangi mexanizmlarni loyihalash, ularning kinematika va dinami ..

                                     

ⓘ Mexanizmlar nazariyasi

Mexanizmlar nazariyasi - mexanizmlarni tekshirish, muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq yangi mexanizmlarni loyihalash, ularning kinematika va dinamikasini organish bilan shugullanadigan fan. Mexanizmlarning tuzilishi, kinematikasi va dinamikasiga oid umumiy krnuniyatlarni ochib beradi; bu krnuniyatlar esa konkret mexanizmlarga tatbiq qilinadi. Mexanizmlar nazariyasining muhim bolimi - mexanizmlar sintezi; unda muayyan kinematik va dinamik shartlarga muvofiq mexanizmlarni loyihalash usullari organiladi. Mexanizmlarni loyihalash, asosan, uch bosqichdan iborat: birinchi bosqichda mexanizmning kinematik sxemasi tuziladi, ikkinchi bos qich da mexanizmning puxta, ishonchli, f.i.k. yuqori bolgan konstruktiv shakli aniqlanadi, uchinchi bosqichda mexanizmning texnologik va texnik-iktisodiykorsatkichlari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar nazariyasining ushbu bosqichlari mexanizmlarni loyihalash masalalarining asosiy mazmunini tashkil etadi, chunki detallarning mustahkamligini hisoblash va konstruktiv shaklini aniqlashga oid keyingi barcha operasiyalar ularning kinematik va dinamik xususiyatlarini ozgartira olmaydi.