ⓘ Mashina zali - stansiya binosining elektr energiya ishlab chiqaradigan agregatlar joylashtiriladigan qismi. Issiklik elektr stansiyalari, atom elektr stansiyala ..

                                     

ⓘ Mashina zali

Mashina zali - stansiya binosining elektr energiya ishlab chiqaradigan agregatlar joylashtiriladigan qismi. Issiklik elektr stansiyalari, atom elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalari, gaz-turbinali, dizel va geotermal elektr stansiyalarida, ularga ornatilgan jihozlarning turlari va joylashtirilishi boyicha Mashina zali bir-biridan farq qiladi. Turbina agregatlarining joylashishi boyicha Mashina zali kondalang va boylama xillarga bolinadi. Mashina zalida turbina va generatorlar temir-beton yoki metall poydevorlarga ornatiladi. Poydevorning balandligi ornatiladigan jihozlarning quvvati va tuzilishiga bogliq boladi. Poydevorning yuqori qismida turbina agregatlari, pastki qismida kondensatorlar joylashadi. Issiklik elektr styalarining Mashina zalida turbina agregatlari, but turbinalari, kondensatorlar, regeneratsiyalash tizimi, nasoslar, elektr styaning oz ehtiyojlari uchun moljallangan jihozlar joylashadi. AES dagi Mashina zalida oraliq separatorlar va bugni ota qizdirgichlar ham boladi. Gaz turbinali va dizel elektr stansiyalarida Mashina zali bosh korpusning asosiy qismi hisoblanib, unda barcha ish jihozlari: gaz turbinalari, dizellar, generatorlar, kompressorlar, yurgizib yuborish dvigatellari, yonish kameralari joylashadi. Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiya ning ikki mashinali sxemada ishlaydigan Mashina zalida - ozgartiruvchi gidroagregatlar, uch mashinali sxemada ishlaydiganida turbina, generator, nasos ornatiladi. GES lardagi Mashina zalida gidroagregatlar, aylanish tezligini rostlagich, moy bosimli qurilmalar, gidroagregatlarni avtomatik boshkarish va rostlash shchitlari joylashadi. Mashina zalining eni va uzunligi, agregatlarning soni, olchamlari, agregatlar orasidagi masofaga qarab aniqlanadi.