ⓘ Meksika qoltigi neftgazli havzasi - Meksika qoltigi ak-vatoriyasi va AQSH, Meksika, Kuba, Gvatemala va Belizning qoltiqqa yondosh hududlarini egallaydi. Maydoni ..

                                     

ⓘ Meksika qoltigi neftgazli havzasi

Meksika qoltigi neftgazli havzasi - Meksika qoltigi ak-vatoriyasi va AQSH, Meksika, Kuba, Gvatemala va Belizning qoltiqqa yondosh hududlarini egallaydi. Maydoni 2.5 mln. km², shu jumladan, akvatoriyada 1.1 mln. km². Neft va kondensatning dastlabki sanoat zaxirasi 18.3 mlrd.t, gaz zaxirasi 14.6 trln. m3, shundan tegishlicha AQShda 8.6 mlrd. t va 11.6 trln. m3, Meksikada 9.7 mlrd. t va 2.8 trln, m3, Gvatemalada 7 mln.t. Havzaning dastlabki konlari materik qismida 1896 yilda, dengizda 1938 yilda ochilgan. Asosiy yirik konlar havzaning AQSH ga qarashli qismida 1930-yillarda aniqlangan, Meksika qismida 1970-yillarda topildi. Hammasi bolib, 5000 dan ortiq neft va 4000 dan ortiq gaz va gazkondensat konlari aniqlangan.

Havza Meksika qoltigi va uning periferik materik qismi Galf-Kost dan tashkil topgan Atlantika oldi epigersin platformasining jan. kismeta yondashgan. Havza maksimal kalinligi 15 km dan iborat bolgan mezokay-nozoy yoshidagi chokindi jinslardan tuzilgan. Neftgazlilik chokindili gilofning butun kesimi bilan bogliq. Havzaning tashqi akvatorial qismi yonalishi boyicha mahsuldor qatlamlarning yuqori yuradan pleystotsengacha yosharishi va uglevodorod jamlanishi chuqurligi bir necha on m dan 7000 m gacha kuzatilgan. Tutqich turlari: lokal kotarilmalarda qatlamli gumbazli; riflarda massivlik; monoklinallarda tektonik ekranlashgan; kollektorlarning qiyiqlanish qismida litologik va stratigrafik ekranlashgan. Evgeosinklinal kompleksining Kubada serpentinit va tuf-qumtoshli va boshqa jinslarida katta bolmagan neft uyumlari malum.

Qirgoqdan eng uzoq kon Luiziana shtati qirgogidan 240 km narida. Tashqi zona neftlari yengil, oltingugurti kam. Tuzli gumbazlar keproki bilan bogliq bolgan konlardagi neftlarda oltingugurt miqsori ortib boradi. Havzaning ichki qismida neft ortacha zichlikka ega, bazan yuqori oltingu-gurtli 3%gacha, metannaftenli tarkibda. Gazlar tarkibida ozroq miqdorda SN4 ning ogir komponentlaridan iborat metan va yuqori miqsorda gaz kondensata bor. 1985 yilda 287 mln. t atrofida neft qazib olindi. Kazib olishning asosiy markazlari: AQShning Luiziana va Texas shtatlari va Meksikaning Kampeche qoltigi bilan Reforma r-ni. Yillik gaz qazib olish 1986 300 mlrd. m3 atrofida, shu jumladan, Meksikada 40 mlrd.m3.

Havza hududida keng tarmoqli neft, gaz va mahsulot tashuvchi quvurlar, 75 ta neftni qayta ishlash AKIII da 65 ta, Meksikada 7 ta va 400 dan ortiq gazni qayta ishlash zavodlari AQSH da 375 ta, Meksikada 13 ta mavjud.