ⓘ Mellonlar - AQSH dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-asrda shakllangan. Oilaviy harakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon asos solgan. AQSH dagi ..

                                     

ⓘ Mellonlar

Mellonlar - AQSH dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-asrda shakllangan. Oilaviy harakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon asos solgan. AQSH dagi boy Pitkern va Xeys oilalari bilan birgalikda va mamlakatdagi eng yirik "Fyorst Boston korporeyshen" investitsiya banki bilan "Alyuminum kompani of Amerika" kompaniyasini nazorat kidali. 20-asrning 60-yillarida nazoratidagi aktivi 60 mlrd. dollardan ortiq bolgan. M.ning umumiy boyligi 1.6 - 2.8 mlrd. dollar atrofida baholangan. M. nazoratida AL KO A dan tashqari, jahonda neft sotish boyicha yetakchi orinni egallaydigan "Galf oyl korporeyshen", "Vestin gauz elektrik" kabi yirik harbiysanoat konsernlari hamda qator polat erituvchi va mashinasozlik-qurilish firmalari, suturta kompaniyalari bor. M. guruhi aksiyalarga hamkorlikda egalik qilish orqali Rokfellerlar, Klivlend moliyaviy guruhi va Kaliforniya moliya guruhlari bilan chambarchas bogliq.

Abduxalil Razzoqov.