ⓘ Mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishe. ..

                                     

ⓘ Mehnatni tashkil etish

Mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishe.ning iqtisodiy vazifa-l ar i ga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurelardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariyagigiyena va ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar so-gligini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meyorlarga mosligini taminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning manaviy kamol to-pishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni taminlash kiradi.

Dastlab, amerikalik muhandis va olim F.U.Teylor 1856-1915 mehnatni "ilmiy boshqarish" muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan va oz konsepsiyasining asosiy qoidalari va tamoyillarini "Fabrikani boshqarish" 1919 va "Korxonani ilmiy bo-shqarish asoslari" 1911 deb nomlangan asarlarida bayon qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert 1868 - 1924, X. Emerson 1853-1931, Genri Ford 1863 - 1947 ham mazkur mu-ammo yechimiga oz hissalarini qoshishgan.

Mehnatni tashkil etishe. - mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiyam kabi tushunchalar bilan bogliq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Mehnatni tashkil etishe. quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxs ni kamol toptirish har bir insonda individual sifat korsatkichlari rivojlanishini taminlash; xavfsizlik ; ad o lat korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi. Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharo-itlarini tashkil etish - dam olish va mehnat rejimi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni tashkil etishe. tizimida kadrlarni kasb talablarga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tay-yorlash, joy-joyiga qoyish, malakasini oshirish kabi masalalar hal etiladi.

Ayniqsa, mehnatning ijtimoiyiqtisodiy ragbatlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini taminlash muhim ahamiyatga ega; ish ornini jihozlash - barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida etibor beriladi.

Mehnatni tashkil etishe.ning muhim yonalishi - intizomdir. Kishilarning qoyilgan maqsadga erishish yolidagi mehnati, harakati va intilishlarining birlashuvi, ish joyiga oz vaqtida kelishi va ketishi bilan birga belgilangan texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini taminlash, mehnat unumdorligini oshirishga intilish institutizom talablariga kiradi. Mehnat institutizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi. Mehnatni tashkil etishe.ning eng ilgor usullarini qollash va mehnatni togri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yol ochadi.