ⓘ Mehnatobod tumani - Sirdaryo viloyatishti tuman. 1979 yil 6 dek.da tashkil etilgan. Mehnatobod tumani viloyatning jan.dan Xovos, sharkdan Boyovut, garbdan Sharo ..

                                     

ⓘ Mehnatobod tumani

Mehnatobod tumani - Sirdaryo viloyatishti tuman. 1979 yil 6 dek.da tashkil etilgan. Mehnatobod tumani viloyatning jan.dan Xovos, sharkdan Boyovut, garbdan Sharof Rashidov tumanlari, shim.dan Mirzaobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.42 ming km². Aholisi 23.1 ming kishi. Mehnatobod tumanida 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi Qahramon qishlogi.

Tabiati. Tuman Mirzacholning jan.da joylashgan. Hududi asosan, tekislikdan iborat. Iqyaimi quruq, kontinental. Yanv.ning ortacha temperaturasi - G, - 5°. Qish oylarida bazan - 30°, - 35° gacha sovuq boladi, iyulda ortacha temperatura 26° - 28°, eng yuqori temperatura 44°, 45° ga yetadi. Yiliga ortacha 200 mm dan 350 mm gacha yogin tushadi. Buglanish yoginga nisbatan 4 - 5 barobar kop. Yoginning kop qismi qish va bahrr oylariga togri keladi. Vegetatsiya davri 210 kundan 220 kungacha. Tuman xududi Mirzacholga xos bolgan mahalliy Bekobod shamoli esadigan yonalishda joylashgan. Shamol tuproq tarkibidagi namni koplab buglanishiga, chang-tozon kotarilishiga, qishda esa qorlarni uchirib tuproqning muzlashiga sabab boladi. Mehnatobod tumani hududining janubidan Janubiy Mirzachol kanalining 27 km qismi oqib otadi. Tuman ekin maydonlari shu kanaldan sugoriladi.

Tuman hududida yer osti suvlari yer yuziga yaqin bolganligi sababli shor tuproklar vujudga kelgan. Grunt suvlari zovurlar orqali chetga chiqarib yuboriladi. Yovvoyi osimliklardan shuvoq, shora, shoruzak, qorabosh, yul-gun, yantoq, lolaqizgaldoq, burgan usadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, bori, tulki, borsiq; kemiruvchilardan koshoyoq, yumronqoziq, quyon; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon; qushlardan torgay, sofitorgay, boyogli; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy uchraydi.

Aholisining kopchilik qismi ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, qirgiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 55 kishi togri keladi.

Xojaligi. Tuman xojaliklari, asosan, paxta, galla, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashgan, chorvachilik va parrandachilik bilan ham shugullaniladi. Mehnatobod tumanida jami 28590 ga ekin maydoni bolib, shundan 17 ming ga paxta, 10.8 ming ga galla, 150 ga sabzavot, 91 ga poliz va boshqa ekinlari bilan band. Tumanda xojaliklararo sugorish tarmoqlarining uz. 20.5 km, ichki sugorish tarmoqlari - 36.6 km. 8 shirkat, 7 chorvachilik fermer xojaliklari bor. Tuman shaxsiy va jamoa xojaliklarida 10 mingdan ortiq qoramol, 6 ming ga yaqin qoy va echki, 5600 parranda, qariyb 200 ot mavjud. Tumanda respublika ahamiyatiga ega bolgan avtomobil yolining uz. 62 km, viloyat ahamiyatiga ega yol - 60 km.

9 umumiy talim maktabida 5.1 ming dan ziyod oquvchi, kasb-hunar litseyida 150 dan ortiq oquvchi talim oldi. 9 kutubxona, tuman xalq ijodiyoti va madaniy-marifiy ishlar markazi, madaniyat uylari faoliyat kursatadi. 60 orinli kasalxona va boshqa tibbiy muassasalarda 23 vrach ishlaydi. 1997 yildan "Sharafli mehnat" tuman gaz. chiqadi adadi 600.