ⓘ Moddaning agregat holatlari - ayni bir modda ning qattiq, suyuq va gaz holatlari. Kopchilik moddalarning qattiq holati kristall tuzilishga ega. Mas, deyarli bar ..

                                     

ⓘ Moddaning agregat holatlari

Moddaning agregat holatlari - ayni bir modda ning qattiq, suyuq va gaz holatlari. Kopchilik moddalarning qattiq holati kristall tuzilishga ega. Mas, deyarli barcha minerallar va barcha metallar qattiq holatida kristall boladi. Ayrim moddalarning qattiq holati amorf tuzilishga ega bolib, bunday jismga ota sovitilgan suyuqlik deb qarash mumkin. Moddalarning asosiy qismi 3 agregat holatda bolish ehtimoli bor. Agar moddaning qattiq holati kristalldan iborat bolsa, uning bir holatdan ikkinchisiga otishi aniq temperatura va aniq bosimda yuz beradi hamda bu otishlarda zichlik, erkin energiya, entropiya kabi fizik kattaliklar sakrab ozgaradi. Mas, suv normal bosim va 0° temperaturada kristallanib muzga aylanadi; normal bosim va 100° temperaturada esa qaynab bugga aylanadi. Moddaning qaysi agregat holatda bolishi uning tarkibidagi molekulalarning yo ozaro boglanish energiyasiga yoki ularning betartib harakatdagi kinetik energiyasiga bogliq boladi.

Gazni tashkil qiluvchi molekulalar orasidagi masofa juda katta bolganligidan ularning ozaro tortishish kuchlari etiborga olinmaydi. Shuning uchun gaz aniq shakl va aniq hajmga ega bolmaganligidan ozi turgan idishning butun hajmini egallaydi hamda idish shakliga ega boladi. Suyukliklarda molekulalar bir-birlariga juda yaqin joylashganliklari tufayli, har bir molekula ozining atrofidagi qoshni molekulalar bilan ozaro tasirlashib turadi. Bu molekulalar qandaydir vaqt oraligida otroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranma harakatda bolib, vaqt-vaqti bilan oz olchamlariga yaqin bolgan masofaga teng uzokdikka otib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda suyuklik molekulalari hajmi boyicha betartib ravishda kocha boshlaydi. Natijada suyuklik aniq hajmga ega bolishiga qaramay, malum shaklni saklab qola olmaydi va idishni ozi egallagan qismining shaklini oladi. Suyuklik xossalari uni tashkil etuvchi molekulalarning uzluksiz betartib harakati va molekulalar orasidagi ozaro tasir kuchlarining qoshgan hissalariga bogliq.

Qattiq holatdagi moddani tashkil etuvchi molekulalar orasida kuchli uzaro tasir kuchlari mavjud bolib, bu kuchlar ham ozaro itarish kuchlaridan, ham ozaro tortishish kuchlaridan iborat. Har bir molekula ozi turgan qismdagi ortacha vaziyat atrofida tebranma harakat qiladi. Tebranish yonalishi va amplitudasi vaqt otishi bilan ozgarib turadi. Lekin molekula ozi turgan qismdan boshqa qismlarga kochib ota olmaydi. Shuning uchun qattiq holatdagi har qanday modda ozining aniq hajmini va aniq shaklini saklab qoladi. Bu hajm va shaklning ozgarish intensivligi tashqi tasirga bogliq boladi.

Moddaning 3 agregat holatidan tashqari, yana plazma holati ham mavjud. Uning alohida holatga ajratilishga sabab, plazma zaryadlangan zarralar ionlar va elektronlardan tashkil topgan gaz bolib, bu zaryadlangan zarralar katta masofalarda ham ozaro tasirlashadi. Buning natijasida plazmaning oziga xos xususiyatlari vujudga keladi.