ⓘ Moddiy javobgarlik - mehnat huquqi boyicha mehnat shartnomasi taraflari ning bir-birlariga yetkazgan zarartl qonunda belgilangan miqdor va tartibda qoplash majb ..

                                     

ⓘ Moddiy javobgarlik

Moddiy javobgarlik - mehnat huquqi boyicha mehnat shartnomasi taraflari ning bir-birlariga yetkazgan zarartl qonunda belgilangan miqdor va tartibda qoplash majburiyati. Mehnat shartnomasi yoki unga qoshimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek, jamoa shartnomasipz. mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qoyilishi mumkin. Bunda shartnoma boyicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi qonunda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan kop bolishi mumkin emaye Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini Moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bolmaydi. Qonunga binoan, mehnat shartnomasining bir tarafi gayriqonuniy nojoya xulq-atvori natijasida boshqa tarafga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boladi. Bazan ish beruvchi aybi bolmagan hollarda ham Moddiy javobgarlik boladi. Mas, ish beruvchi yuqori xavf manbai natijasida xodimning sogligiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar qilinishi mumkin. Zarar kim tomonidan yetkazilganiga qarab, Moddiy javobgarlikning 2 turi ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi hamda ishlab chiqarishda xodimning sogligiga shikayet yetkazilgani uchun, shuningdek, xodimni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum etgani uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi farqlanadi. Moddiy javobgarlik bilan bogliq masalalar OzRning Mehnat kodeksi, "Xodimlarga ularga mehnat vazifalarini bajarish bilan bogliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshka xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan tolash qoidalari" asosida hal etiladi. Bundan tashqari, taraflarning moddiy javobgarligi togrisidagi ishlarni korishda sudlar amal qiladigan boshqa tegishli normativhuquqiy hujjatlar bor.

Mehnat qonunchiligida Moddiy javobgarlikning 2 turi: cheklangan va toliq Moddiy javobgarlik belgilangan. Cheklangan miqdordagi Moddiy javobgarlikning ham 2 turi mavjud: a) xodimning ortacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdordagi bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun Moddiy javobgarlik; b) xodimning 3 oylik maoshidan oshmaydigan miqdordagi Moddiy javobgarlik Toliq Moddiy javobgarlikda esa yetkazilgan zarar hech qanday cheklashlarsiz toliq qoplanadi. Amaliyotda xodimning ortacha oylik ish haqidan ortiq bolmagan cheklangan miqdordagi Moddiy javobgarlik koproqqollanadi. OzR Mehnatkodeksining 201moddasida oz mehnat burchini bajarayotganda yetkazilgan haqiqiy zarar miqdori xodimning ortacha oylik ish haqi miqdori doirasida Moddiy javobgarlikni keltirib chiqarishi takidlangan. Mehnat shartnomasini gayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni gayriqonuniy ravishda boshka ishga otkazishda aybdor bolgan mansabdor shaxslar 3 oylik maoshi miqdorida Moddiy javobgarlikka tortilishi kozda tutilgan. Ortacha oylik ish haqi zarar yetkazilgani anikdangan kundan boshlab hisoblanadi. Qoidaga kora, yetkazilgan zarar miqdori xodimning oxirgi 2 oylik ish haqi maoshi yuzasidan hisoblab chikariladi. Agar zarar miqdori undan ortiq bolmasa, faqat haqiqiy zararning ozi undiriladi. Qonunda korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbar xodimlari va mansabdor shaxslar ham yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda ortacha oylik maoshidan ortiq bolmagan miqdorda Moddiy javobgarlikk.ga tortilishi belgilangan: mehnat daftarchasi berilmagani sababli korxona tomonidan xodimga - majburiy progul vaqti uchun haq tolangan taqdirda; vagonlarning belgilangan vaqtdan ortiq turib qolishida xodim aybdor bolgan taqdirda.

Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga toliq Moddiy javobgarlik yuklatiladi: maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini taminlamaganlik uchun; bir gallik hujjatlar asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini taminlamaganlik uchun; qasddan zarar yetkazilganda, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik va toksik modda tasiridan mastlik holatida zarar yetkazilganda; xodimning sud hukmi bilan anikdangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda; tijorat sirlari oshkor etilganda; qonunlarda, shuningdek, OzR hukumat qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 18 yoshga tolmagan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogollik ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda tasiridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun toliq moddiy javobgar boladi.

Anvar Inoyatov.