ⓘ Moddiy manfaatdorlik - muayyan jamiyat, qatlamlar, guruxlar va ayrim kishilarni oz iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali bolishidan manfaatdor etadig ..

                                     

ⓘ Moddiy manfaatdorlik

Moddiy manfaatdorlik - muayyan jamiyat, qatlamlar, guruxlar va ayrim kishilarni oz iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali bolishidan manfaatdor etadigan va faollikka undaydigan obyektiv-iqtisodiy tamoyillar.

Kishilarning moddiy ehtiyojlari moddiy nematlar bilan qondiriladi. Shuning uchun ham, tabiatni, tabiiy nematlarni ozlashtirish ozinikilashtirish, ulardan hayotiy makon va moddiytabiiy resurelar sifatida foydalanish, ijtimoiy zarur mahsulot ishlab chiqarish va istemol qilish inson uchun tarixan eng birinchi moddiy ehtiyoj, manfaatragbat, obyektiv maqsad bolgan va rivojlanib kelgan.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida Moddiy manfaatdorlik turli xilda va turli darajalarda namoyon boladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, tabiatni va uning nematlarini birlashib ozlashtirish va egalik qilishdan, mahsulotlarni birgalikda umumiy mehnat bilan qolga kiritish va teng taqsimlash sharoitida ozlariga tegishli yerlarni va boshqa nematlarni turli xil tajovuzlardan birgalikda himoya qilishdan, mahsulotlarni koproq ishlab chiqarishdan va istemol kilishdan yuqori darajada moddiy manfaatdor edilar; ularda umumiy manfaat kuchli edi. Quldorning oz xojaligidagi qullarning va ozining oila xojaligi ehtiyojlari uchun yetarli va undan koproq miqdorda mahsulot yetishtirilishidan moddiy manfaatdorligi bor edi. Qullar esa oz mulklariga ega emasliklari, mulk orttirishga haqhuquklari bolmaganliklari, aksincha, ozlari quldorlarning mulki bolganliklari sababli koproq va samarali mehnat qilishdan manfaatdor emas edilar, balki, koproq istemol qilishdan manfaatdor edilar. Zamindorlik va shaxsiy qaramlik hukmron jamiyatlarda qaram deqxrnlar ozlariga ajratilgan yerlarda unumli, samarali mexmat kilishdan manfaatdor edilar, chunki yerlardan olingan mahsulotlar ularning ozlariga tegishli bolar edi qarangZamshdor, Zamshdori.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojlanib, mulkiy munosabatlar takomillashib bozor munosabatlari rivojlandi, na-tural ishlab chiqarish orniga tovarli-bozorli xojaliklar va ishlab chiqarish vujudga keldi; ularning tabaqalanishi natijasida milliy iqtisodiyotlar shakllandi va rivojlandi. hozirgi paytda esa bozor iqtisodiyotining turli xillari, turlari, milliy modellari mavjud bolib, ularda umumdemokratik-insoniy munosabatlar, tamoyillar tobora koproq qaror topmoqda. Bunday jarayonlar kishilik jamiyatida iqtisodiy munosabatlarning va manfaatlarning hamda Moddiy manfaatdorlikning xilma-xilligini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy muqobil xillari va modellari qanday bolishidan qati nazar, ular uchun umumiy bolgan bazi manfaat va ragbatlar ham borki, ular Moddiy manfaatdorlikni taminlashda va kuchaytirishda va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Bozor iqtisodiyotiga xos bolgan xilma-xil mulkchilik, erkin sohibkorlik va kop ukladli xojalik tizimi, narx belgilash mexanizmi, raqobat va boshqa barcha kishilarning, xojalik subyektlarining oz iqtisodiy faoliyatlari va mehnatlari natijalari hamda shartnomaviy majburiyatlari boyicha masuliyatlarini, Moddiy manfaatdorlikini nihoyatda kuchaytiradi, har bir shaxs ozining iqtisodiy faoliyati, mehnat orqali oz daromadlari va mulkini kopaytirishga intiladi. Ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend kabi daromad turlari, ularni kopaytirish imkoniyati shaxslarning Moddiy manfaatdorlikni va faolligini oshiruvchi juda muhim iqtisodiy ragbat, dastak va shart-sharoitdir.

Ozbekistonda bozor iqtisodiyoti negizlari - ishlab chiqarish vositalariga va boshqa nematlarga xilma-xil mulkchilik va kop ukladli xojalik asoslari yaratildi, boshqariladigan bozor munosabatlari, asosan, shakllandi va takomillashmoqda, mulkka va xojalikka mustaqil egalik qilish, xususiy va erkin xojalik yuritish, erkin mehnat qilish va daromad olish imkoniyatlari vujudga keldi va kengaymoqda.

                                     

1. Adabiyot

  • Karimov I. A., Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz, T., 2000; Smit A., Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962.

Erlis Alshulov.