ⓘ Moki - 1 tikuv mashinasi asosiy kismlardan biri - maxsus moslama. Chok tikilayotgan paytda tikuv mashinasi ignasi hosil qiladigan ustki ip izmasiga pastki ipni ..

                                     

ⓘ Moki

Moki - 1) tikuv mashinasi asosiy kismlardan biri - maxsus moslama. Chok tikilayotgan paytda tikuv mashinasi ignasi hosil qiladigan ustki ip izmasiga pastki ipni otkazib beradi; 2) toquv dastgohitsa tanda iplari orasidan arqoq iplarini olib otadigan moslama. M. ichida arqoqipi oralgan naycha boladi. M. homuza ichida erkin yoki majburiy harakat qilib, bir qutidan ikkinchisiga otadi. M. harakati davomida arqoqipi naychadan boshalib xrmuzaga tashlanadi. Naychadagi arqoq ipi bir marta yoki kop marta tashlab otishga yetarli bolishi kerak. Qad. toquv dastgohlarida M.ni homuza tirqishidan toquvchi qolda olib otkazardi. Hozirgi avtomatik toquv dastgohdarida zarb mexanizmlari yordamida M. oz-ozidan borib keladi.

Ilgari M. yogoch, hayvon shohidan yasalgan, hozir, asosan, temir va polatdan yasaladi. M.larning ortasi tortburchak shaklida oyilib, ikki yonida teshik koz qilinadi naychadagi ip uchi shu teshikdan otkaziladi. M. kozi, odatda, chinnidan qilinadi. Yogoch M.ning ikki uchi otkirlanib, metall uchlik kiydiriladi.

Qanday toquv dastgohlarida ishlatilishiga karab, M.lar avtomat dastgoh M.si ichidagi uzunchoq boshliqqa ipli naycha joylashadi, mexanik dastgoh. M.si ortasida ipli naycha ornatish uchun metall sterjen boladi, movut toqishda ishlatiladigan M. va boshqa xillarga bolinadi rasmga k. Mexanik dastgohlarda M. ichidagi naycha arqoq ipi tugasa, bosh naychani toliq naychaga almashtirish uchun dastgoh, toxtatiladi, avtomat dastgohlarida esa bu ish ular ishlab turgan paytda avtomatik tarzda bajariladi.