ⓘ Moliya kapitali - pul kapitali, pul vositalari shaklidagi kapital; sanoat kapitalining bank kapitali bilan ozaro qoshilib ketishi natijasida yuzaga keladigan ka ..

                                     

ⓘ Moliya kapitali

Moliya kapitali - pul kapitali, pul vositalari shaklidagi kapital; sanoat kapitalining bank kapitali bilan ozaro qoshilib ketishi natijasida yuzaga keladigan kapital. Moliya kapitali iqtisodiy kategoriya sifatida 19-asr oxiri - 20-asrboshlarida ishlab chiqarish va bank sohasida kapitalning yuqori darajada yiriklashishi asosida vujudga keldi. Bunga qadar sanoatchilar va bankirlar bir-biridan mustaqil holda ish korar, banklar sanoatga xizmat kursatar, sanoatchilar sanoat foydasini olsa, banklar bank foydasiga ega bolar edi. Banklar qolida kapital yirikla-sha boshlagandan keyin, ular uzlarining bosh turgan mablaglarini sanoatga faqat qisqa muddatga emas, balki uzok, muddatga qarz berib, korxonalarning faoliyatiga tasir korsatadigan boldi, hatto ayrim hollarda ularning taqdiri banklarga bogliq bolib qoldi. Bank mablaglari har xil aksiyalar sotib olish va "ishtirok etish tizimi" asosida sanoatga kocha boshladi. Natijada yirik banklar ayni bir vaq-tda, sanoat magnatlariga, yirik sanoatchilar esa yirik bank magnatlariga aylandi. AQShdagi eng yirik 2 moliya monopolistik guruh - Morganlar va Rokfellerlar Moliya kapitalining shakllanishiga yaqqol misol bola oladi, chunki Morgan dastlab bankir, Rokfeller esa neft sanoatchisi edi. M.g. rivojlangan davlatlar iktisodiyotining barcha sohalari - sanoat, qishloq xojaligi, transport, savdo, sugurta va boshqa mavjud bolib, kapitalning turli xil shakllari ni harakatga keltiradi va yukrri darajada foyda olishga erishadi. Moliya kapitali davlat siyosatida qam mu-him rol oynaydi.

Ahmadjon Olmasov.