ⓘ Moniylik - 3-asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik ortasi ..

                                     

ⓘ Moniylik

Moniylik - 3-asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik ortasidagi ozaro kurashni etirof etishga asoslanadi. Hyp, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida - shayton hukm suradi. Moniylikka kora, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik talimotiga kora, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsur dan iborat mavjudot bolgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik goyalari mavjud. Moniylik dunyoning kop mamlakatlariga, jumladan, Italiyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. 8-asrda Uygur xonligida hukmron dinga aylangan. Moniylik 8 - 9-asrlarda islom tarafdorlarining taqibiga uchradi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u 14-asrga kelib taqikdandi.