ⓘ Monsonit - kristalli magmatik tog jinsi; taxminan teng miqdordagi kaliynatriyli dala shpati va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. M.ning nordonroq xillar ..

                                     

ⓘ Monsonit

Monsonit - kristalli magmatik tog jinsi; taxminan teng miqdordagi kaliynatriyli dala shpati va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. M.ning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars boladi. Tarkibidagi minerallarning nisbatiga kora, M.li jinslar gabbro va siyenit oraligida boladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang, kulrang-pushti. Qoramtir mineral boyicha avgitli, biotitli va h.k. boladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin M.lar zich, yirik donador jins si-fatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli intruzivlar tuzilishida ishtirok etadi. M.ning porfirli turlari Ozbekistonda Qurama toglarida uchraydi. Xorijda Ukraina, RF, Italiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda bor. Jilolanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.