ⓘ Morastel, Monastel - vinobop kechpishar uzum navi. Vatani - Ispaniya. Fransiyaning jan. va Italiyada ostiriladi. 1890 - 1900 yillarda Qrimga keltirilgan. Qozogi ..

                                     

ⓘ Morastel

Morastel, Monastel - vinobop kechpishar uzum navi. Vatani - Ispaniya. Fransiyaning jan. va Italiyada ostiriladi. 1890 - 1900 yillarda Qrimga keltirilgan. Qozogiston, Qirgiziston, Ozbekiston va Tojikistonda r-nlashtirilgan. Bargidiam. 15 - 16 sm, kertikli, toq yashil, orqa tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. 15 - 20 mayda gullaydi, iyul oxirida pishadi. Uzum boshi 175 - 200 g, silindrsimon, ortacha tigiz. Gujumi dumaloq, toq zangori, usti mumgubor bilan qoplangan, posti ortacha qalinlikda, eti sersuv, shirin. Faol harorat yigindisi 3100 - 3200° bolganda 140 - 150 kunda pishadi. Tarkibida 30% gacha qand bor. Hosildorligi 100 - 150 s/ga. Ozbekistonning kopchilik viloyatlarida ekiladi. Uzumidan qizil portveyn va kagor desert vinolari tayyorlanadi.