ⓘ Moshkichiri - quyuq taom. Qiymali M., postdumbali M., piyozdogli M., sabzavotli M., M muxashshir va boshqa turlari bor. Qiymali M. - piyoz va londa-londa togral ..

                                     

ⓘ Moshkichiri

Moshkichiri - quyuq taom. Qiymali M., postdumbali M., piyozdogli M., sabzavotli M., M muxashshir va boshqa turlari bor. Qiymali M. - piyoz va londa-londa togralgan gosht doglangan yogda yaxshilab qovuriladi. Songra qozonga suv quyib, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz, ziravorlar, guruch solinadi, bir oz otgach suvi tortiladi va M. qozonga yopishib qirmoch olmasligi uchun kovlab turiladi. Tayyor M.ni 10 - 15 min. "dam yedirib" laganga suziladi. Qiyma piyoz bilan yogda qovurilib, sardak tay-yorlanadi, laganga suzilgan M. betiga solinadi. Postdumbali M. gosht orniga tuzi yuvilib, mayda togralgan sur postdumbadan tayyorlanadi.

Ad.h Mahmudov K., Ozbek tansiq taomlari, T., 1989.