ⓘ Navoiy tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. 1999 yilda Karmana shahri Navoiy shahri tarkibiga qoshilganligi munosabati bilan, tuman markazi Malikrabot shaharchas ..

                                     

ⓘ Navoiy tumani

Navoiy tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. 1999 yilda Karmana shahri Navoiy shahri tarkibiga qoshilganligi munosabati bilan, tuman markazi Malikrabot shaharchasiga kochirildi. Navoiy tumani Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan. Shim.dan Navbahor tumani, garbdan Qiziltepa tumani, sharkdan Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, jan.dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0.95 ming km². Aholisi 69.5 ming kishi. Tumanda 6 qishloq fuqarolar yigini, 1 shaharcha bor.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon vohasida joylashgan. Jan. hududlari adirlarga tutashib ketadi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yanv.ning ortacha temperaturasi 0.4°, iyul oyining ortacha temperaturasi 28.9°. Tuman hududidan Zarafshon daryosi oqib otadi 65 km masofada. Tuproklari, asosan, madaniylashgan otloki, oddiy boz tuproqlar. Tabiiy osimliklardan jiyda, shuvoq, oq va qora saksovul, juzgun, cherkez, quyonsuyak, segin, iloq, yantoq, capsazan, yetmak, jingil, tol, qamish, yulgun, yovvoyi jiyda va boshqa bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, turli xil kaltakesaklar, orgimchaklar, qoshoyoq, tipratikan, ilonlar, qushlardan loyxorak, ordak, xojasavdogar, chumchuq, mayna, qarga kabilar uchraydi.

Aholisi, asosan, ozbeklar 99.7%; shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 73 kishi.

Xojaligi. Tuman asosan, qishloq xojaligi ga ixtisoslashgan. Xalq xojaligida band bolgan 25.1 ming aholining asosiy qismi qishloq xojaligida ishlaydi. Malikrabot shaharchasida meva-sabzavot konservalash sexi quvvati 3 mln. t shartli banka mavjud. Navoiy tumanida 740 ga yaqin kichik, 55 qoshma, 10 shirkat korxonalari, parrandachilik f-kasi faoliyat korsatmoqda. Tuman yer fondi 94.9 ming ga, shundan 22.5 ming ga yer sugoriladi, 16.7 ming ga ekinzor, 27.7 ming ga qishloq xojaligida foydalanmaydigan yerlar, 469 ga bog, 390 ga tokzor, 264 ga tutzorlar, 735 ga boz yerlar, 45 ming ga yaylov, 2 ming ga tomorka yerlari, 762 ga bog va sabzavotchilik uyushmalari yerlari, 720 ga meliorativ yerlar mavjud. Navoiy tumanida 8 shirkat xojaligi, 2 agrofirma, 2 ta fermer uyushmasi bor. 8.9 ming ga yerga paxta, 6.6 ming ga yerga boshokli don, 195 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Ekinzorlarini sugorish uchun suv, asosan, Zarafshon daryosidan magistral kanallar va nasos kurilmalari yordamida olinadi. Tuman jamoa va xususiy xojaliklarida 23.7 ming kora-mol, 46.1 ming qoy va echki boqiladi. Tumanda ormon xojaligi bor. Qorakolchilik, ipakchilik bilan ham shugullaniladi. Asosiy transport vositasi - avtomobil transporti. Avtomobil yollarining uz. 600 km dan ziyod shundan 98 km respublika ahamiyatiga molik. Jami avtomobil yollarining 215 km asfalt bilan qoplangan. Navoiy - Uchquduq temir yol tuman hududini 11 km masofada kesib otadi. Navoiy tumanida Navoiy shahar aeroporti joylashgan.

Tumandagi 24 umumiy talim maktabida 17169 oquvchi talim oladi, 6 qishloq madaniyat uyi, 1 markaziy, 24 tarmoq, 1 bolalar kutubxonasi kitob fondi 242139 nusxa faoliyat korsatmoqda. Markaziy kasalxona 295 orin, 13 ambulatoriya-poliklinika, 8 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 517 orta tibbiy xodim ishlaydi. 1931 yildan "Navoiy ovozi" gaz. chop etiladi adadi 710 nusxa.