ⓘ Narpay dostonchilik maktabi - repertuar birligi, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari bilan boshqa baxshilardan ajralib turgan dostonchilar guruhi. Narpay ..

                                     

ⓘ Narpay dostonchilik maktabi

Narpay dostonchilik maktabi - repertuar birligi, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari bilan boshqa baxshilardan ajralib turgan dostonchilar guruhi.

Narpay dostonchilik maktabim. Ernazar shoir, Rajab shoir, Toxtamish, Abduxoliq, Islom Nazar ogli, Nurmon Abduvoy ogli, Zohir Qochqor ogli, Ziyodulla Islomov kabi baxshilarni ozida birlashtirgan. Bu maktab vakillari Narpay, Kattaqorgon, Jom, Kogon, Muborak, Qarshi atroflarida mashhur bolganlar. Ulardan "Orzigul", "Sohibqiron", "Erali va Sherali", "Kuntugmish", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Hasanxon", "Zulfizar bilan Avazxon", "Gulixiromon", "Xirmondali" kabi dostonlar yozib olingan. Ularning aksa-riyati nashr etilgan.

Ananaviy repertuarning chuqur xalqchilligi va zamonaviyligi Narpay dostonchilik maktabi m. ning oziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirdilar. Shunga kora, Narpay dostonchilik maktabim. vakillaridan yozib olingan dostonlarda Oytora, Xolyor, Qingir chol, Dono chopon, Hamro bogbon, Usta Olim, Umar, Qulmaloyik kabi keng mehnat-kashlar ommasining turli tabaqalariga oid xilma-xil obrazlar yaratilgan. Boshqa maktablarning vakillarida bu xil obrazlar ananaviyligi bilan ajralib turadi.