ⓘ Nitroglitserin, glitserin trinitrat, trinitrin, O2NOCH2 - glitserin va nitrat kislotaning murakkab efiri. Mol. m. 227.14; rangsiz yopishqoqsuyuklik, zichligi 1. ..

                                     

ⓘ Nitroglitserin

Nitroglitserin, glitserin trinitrat, trinitrin, O2NOCH2 - glitserin va nitrat kislotaning murakkab efiri. Mol. m. 227.14; rangsiz yopishqoqsuyuklik, zichligi 1.591 g/sm3, qotish temperaturasi 13.2°. Benzinda, suvda erimay-di, atseton, efir va benzolda yaxshi eriydi. Glitserinni nitrat va sulfat kislota aralashmasida eterifikatsiyalab olinadi. N.ni ilk bor 1846 yilda italiyalik olim A. Sobrero sintez qilgan. 19-asrning 60 - 70-yillarida A. Nobel taklifiga binoan, sanoat miqyosida ishlab chiqarish yolga qoyilgan. N. juda kuchli portlovchi modda. Tutunsiz porox, shuningdek, dinamit ishlab chiqarishda qollanadi. Tibbiyotda spirtdagi 1% li eritmasi va tabletkasi ishlatiladi. Asosan, bosh, yurak va gavdaning yuqori qismi terisidagi kon tomirlarni ken-gaytiradi. Yurak va miya tomirlari spazmida buyuriladi.