ⓘ Abdulla Qodiriy nomidagi Ozbekiston Respublikasi davlat mukofoti – Ozbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi ilk oliy mukofoti. 1991 yil 6 fevralda tas ..

                                     

ⓘ Abdulla Qodiriy nomidagi Ozbekiston Respublikasi davlat mukofoti

Abdulla Qodiriy nomidagi Ozbekiston Respublikasi davlat mukofoti – Ozbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi ilk oliy mukofoti. 1991 yil 6 fevralda tasis etilgan. Ushbu mukofotning tasis etilishi mustaqillik yolida jonini fido etgan ozbek adibining xotirasini tiklabgina qolmay, millat gururi, shani, manaviyati uchun kurashgan ajdodlarga nisbatan korsatilayotgan xalq ehtiromining namunasi boldi. Bu mukofot adabiyot, sanat va memorlik sohasida yaratilgan, milliy istiqlol goyalarini yorqin badiiy shakllarda aks ettirgan, Ozbekistonning buyuk tarixini va hozirgi yuksalish jarayonlarini haqqoniy obrazlar orqali gavdalantirgan va keng jamoatchilik tomonidan tan olingan yetuk asarlar uchun beriladi. Mukofotga songgi turt yil mobaynida yaratilgan, elon qilingan, alohida kitob shaklida nashr etilgan, korgazmaga qoyilgan, mamlakatimizda ommaviy ravishda nashr va ijro etilgan adabiyot, musiqa, teatr-sahna, kinematografiya, televideniye asarlari kurib chiqish uchun qabul qilinadi. Bu mukofotga taqdim etish togrisidagi qarorlar vazirliklar, davlat qomitalari, ijodiy uyushmalar, respublika va xalqaro jamoat tashkilotlari rahbar organlari tomonidan qabul qilinadi. Ozbekiston Respublikasining boshqa Davlat mukofotiga ilgari sazovor bulgan asarlar bu mukofotga tavsiya etilmaydi. Bir mukofotga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi lozim. Mukofotga sazovor bulgan ijodkorlarga yorliq va faxriy nishon topshiriladi. Abdulla Qodiriy nomidagi uchta Davlat mukofotining har biri 80 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Mukofot puli mualliflar jamoasi ortasida teng ulushlarda taqsimlanadi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 fevral qarori bilan mukofotni berish tartibi takomillashtirildi. 1997 yildan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, har uch yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida beriladigan boldi. Bu mukofotga ilk bor yozuvchi Togay Murod, haykaltaroshlar Ilhom Jabborov va Kamol Jabborov, rassomlar Lutfulla Abdullayev, Alisher Mirzayev sazovor bulganlar.