ⓘ Abdulmominxon - Shayboniylar ozbek sulolasidan. Abdullaxon IIning ogli. Balxning kichik xoni. Buxoro xonligi hukmdori. 1589-yildan ota-bola munosabatlari keskin ..

                                     

ⓘ Abdulmominxon

Abdulmominxon - Shayboniylar ozbek sulolasidan. Abdullaxon IIning ogli. Balxning kichik xoni. Buxoro xonligi hukmdori. 1589-yildan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni Safaviylardan qaytarib olgach, uni oz ogli qolib, Qulbobo kokaldoshga inom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari - Qulbobo Kokaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqalarga yozma farmon jonatib, Abdulmominxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qollab-quvvatlab, uni Abdulmominxonga qarshi urushga undaydi. Bundan dargazab bolgan Abdulmominxon 1597-yil kuzida otasiga qarshi bosh kotarib, Balx va Badaxshon qoshini bilan Amudaryo boyiga kelgan. Abdullaxon IIning qoshini Nasaf atrofida joylashgan. Abdullaxonga komakka viloyat hokimlari, masalan: Axsi va Andijon hokimi Ozbek sulton oz qoshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola ortasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmominxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Safaviylar bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.

Abdulmominxon mogullar vayron qilgan Balx qalasini qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli koshk bunyod ettirgan.