ⓘ Abduxoliq Gijduvoniy, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Gijduvoniy – xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri. Xojaiy Jahon nomi bilan ..

                                     

ⓘ Abduxoliq Gijduvoniy

Abduxoliq Gijduvoniy, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Gijduvoniy – xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri.

Xojaiy Jahon nomi bilan ham mashhur. Uning tarjimai holiga bagishlab noma-lum muallif yozgan "Zikri voqioti Xo-jaiy Jahon Abdulxoliq Gijduvoniy" asarining 1717 yilda kochirilgan nusxasi Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 9 yoshida Qur’onni yod olgan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. Buxorolik ilk ustozi Imom Sadriddindan tafsir ilmini organadi. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. Ozini ibodatu riyozatga mashgul tutib, butun hayoti davomida 5 asar bitadi. Bulardan "Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy" "Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari" asarida ustozining tarjimai holi va uning talimoti yoritiladi. A. F. Yusuf Hamadoniy talimotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri xufiyani olib kirdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha qonun-qoidasini shakllantirib berdi. A. F. talimoti keyingi davr yirik sufiylari tomonidan organilgan va sharhqilingan. Mas, "Maxdumi Azam" laqabi bilan mashhur bolgan Ahmad ibn Mavlono Jaloluddin Xojagiy Kosoniy A. G.ning 4 vasiyatini "Risolai chahor kalima" "Tort soz haqida risola" asarida sharhlagan. A. F. tasavvufga oid talimotining asosiy qismi Abdurahmon Jomiyning ustozi Mavlono Saduddin Koshgariy 1456 yil v. e.ning "Risola" asarida bayon etilgan. A. F. qabri Gijduvon shahrida.