ⓘ Abelyar Pyer. Peter Abelard – fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. A. har bir hodisani kor-korona etiqodga asoslangan ho ..

                                     

ⓘ Abelyar Pyer

Peter Abelard – fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. A. har bir hodisani kor-korona etiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targib etganligi uchun cherkov vakillarining gazabiga duchor bolgan. A. "ha va yoq" asarida xristian din i nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. A. talimoti 1121 va 1140 yillardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan talimotni rivojlantirdi. A.ning Eloizaga bolgan fojiaviy muhabbati ozining "Mening korgan-kechirgan musibatlarim" avtobiografik asarida bayon etilgan.