ⓘ Abstrakt sanat, abstraksionizm –tasviriy sanatdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni tasvirlashni rad etadi. 20-asr ..

                                     

ⓘ Abstrakt sanat

Abstrakt sanat, abstraksionizm –tasviriy sanatdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni tasvirlashni rad etadi. 20-asr 10-yillarida Yevropamamlakatlarida vujudga kelib, 40-yillarning oxiri – 60-yillarning boshida keng tarqaldi. Dastlabki namunalari rus V. Kandinskiy, K. Malevich, fransuz R. Delone va boshqa rassomlar tomonidan yaratildi. Keyinroq ukrain A. Arxipenko, rumin K. Brinkushi va boshqa abstrakt haykaltaroshlik tajribalariga murojaat qildi.

Birinchi jahon urushidan keyin abstrakt shakllarni memorlik, bezak sanati, dizaynga tatbiq etishga, ularni mat. va muhandislik qoidalari asosida qurishga intilishlar kuzatildi. Ikkinchi jahon urushi davrida AQShda "sof psixik avtomatizm", gayriixtiyoriy subyektov turtki, tasodifiy rang va sifatlar uygunligini asosiy usul qilib olgan abstrakt ekspressionizm maktabi rassom J. Pollok, M. Tobi va boshqalar yuzaga keldi. 50-yillar Yevropa, Amerika mamlakatlari tasviriy sanatida As. ustun yonalishga ay land i. 60-yillarda As. "Opart" kabi korinishlari rivojlandi.

Orta Osiyo, jumladan Ozbekiston hududida qadimdan yaratilgan tasviriy va amaliy bezak sanati namunalaria ham As. korinishlari uchraydi. Ularda afsonaviy firdavs boglari ozining ramziy ifodasini topgan. Ayniqsa, kitobat sanatidagi abri bahor usulida yaratilgan qolyozma kitob bezaklari, abrbandi usulida tayyorlangan atlas va boshqa matolarning gullari bu sanatning namunasidir.

Ozbekistonda tom manodagi As.ga xos xususiyatlar 20-asrning 10-yillaridan paydo bola boshladi va keyinchalik bir qator rassomlar S. Fedorchenko, V. Ufimsev va boshqalar diqqatini oziga jalb etdi. Songgi yillarda bu sanat tasiri qisman N. Shin, A. Kedrin, B. Jalolov ijodida seziladi.