ⓘ Abu Muslim Harakati – 747 -750 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi kotarilgan harakat. Unga Ab ..

                                     

ⓘ Abu Muslim Harakati

Abu Muslim Harakati – 747 -750 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi kotarilgan harakat. Unga Abu Muslim boshchilik qilgan. Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, umaviylar siyosatidan norozi bolgan Xu-rosondagi arab muxolifatchi guruhlari va kullar edi. Umaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mo-xuvon va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Mus-lim soliqlarni qisqartirish va maj-buriy hashar ishlarini bekor qilishga va’da beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747 yil dekabr– 748 yil yanvarda Abu Muslim umaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748 yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748 yilda xalifalikning poy-taxti Damashqqa yurish qiladi, 749 yilda Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etib, 750 yil boshlarida Katta Zab daryosi boyida hal qiluvchi galabaga erishdi va xalifa Marvon IIni taxtdan olib tash-ladi. Uning orniga paygambarning amakisi Abbos avlodidan bolgan Abul Abbos as-Saffoh xalifa boladi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qoliga otadi.