ⓘ Numizmatika - tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilin ..

                                     

ⓘ Numizmatika

Numizmatika - tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini organadi. N. xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, paleografiya, sanat tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. N. tushunchasiga yana qogoz pullarni organish va medal, jeton, orden hamda nishonlarni organish ham kiradi. Metall pullar paydo bolgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning osishi pulga bolgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga chiqarish huquqiga ega bolgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.

Orta Osiyoda birinchi tangalar kumushdan miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi aversiga podshoning surati, orqa tomoni reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgasi tushirilgan.

N. numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14 - 15-asrlarda Italiyada paydo bolgan. Ilmiy N. fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.

N. shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq, Garb Garbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar va rus N.siga bolinadi.

Sharq N.siga X. D. Fren asos solgan. Orta Osiyo davlatlari tangalarini organishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, ozbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toxtiyev va boshqalarning hissasi katta.

                                     

1. Adabiyot

  • Smirnova O. I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Davidovich Ye. A., Istoriya monetnogo dela Sredney Azii XVII - XVIII vv., Dushanbe, 1964; Yernazarova T. S, Denejnoye obrasheniye Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannim do nach. IX v. v sb. "Afresiab". vip. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidayev Sh. R., Katalog drevnix monet Yujnogo Ozbekistana, T., 1981; Numizmatika Ozbekistana, T.,1990.