ⓘ Nurota dostonchilik maktabi - Nurota tumanining shim.dan Qizilqum boylab Qiziltepa, Konimex tumanlarigacha bolgan hududlarda yetishib chiqqan baxshilarni birlas ..

                                     

ⓘ Nurota dostonchilik maktabi

Nurota dostonchilik maktabi - Nurota tumanining shim.dan Qizilqum boylab Qiziltepa, Konimex tumanlarigacha bolgan hududlarda yetishib chiqqan baxshilarni birlashtirgan dostonchilar guruhi.

Qurbon baxshi, Ashur baxshi, Isirgap baxshi, Bekmurod Joraboy ogli, Saidmurod Panoh ogli, Qurbon Navruzov, Tursun Sherov, Mamur Ermatov, Fayzi Najmiddinov kabi onlab ijodkorlar shu maktabga mansub bolib, Nurota, Navoiy, Tomdi, Konimex, Navbahor, Gijduvon, Shofirkon tumanlari aholisiga xizmat qilganlar. Bu maktabning songgi talantli vakillari Saidmurod Panoh ogli va Bekmurod Joraboy oglidan "Alpomish", "Odilxon", "Kuntugmish" "Xolbeka", "Goroglining Qrimga borishi", "Avazxon", "Malikai ayyor" "Gulshanbog" kabi dostonlar yozib olingan va nashr etilgan. Bu baxshilar repertuarida boshqa hududlarda tarqalmagan "Sormonxon", "Ahmadxon", "Chopon qiz", "Macton kampir" kabi dostonlar ham bolgan. Ammo ular oz vaqtida yozib olinmagan. Bu baxshilar "Gorogli" turkumi dostonlarini 64 doston qilib kuylaganlar. Shuningdek, bu hu-dudlardagi qoraqal-poq va qozoq xalqlari orasida ham 20-asr boshlarigacha izchil dostonchilik ananalari davom etgan. Bu ananalarning Nurota dostonchilik maktabim. vakillariga tasiri sezilarli bolgan. Bu tasir repertuar tarkibini ozgartira olish darajasida bolmasada, kopgina motivlar talqini, ijro usullarida yaqqol kozga tashlanadi.

                                     

1. Manbalar

  • Tora Mirzayev.
  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.
  • Xolbeka, T., 1967.
  • Odilxon, T., 1972; Alpomish, T., 1999;
  • Avazxon, T., 1965; Gulshanbog, T., 1966;