ⓘ Radiatsiya - yadroviy ozgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. R.ning tiri ..

                                     

ⓘ Radiatsiya

Radiatsiya - yadroviy ozgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. R.ning tirik organizmga tasiri R. dozasi bilan belgilanadi. Rentgen bilan olchanadi. R. miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi tasiriga bogliq. Bir kunda 20 r gacha R. kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi R. organizmdagi toqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. R. dozasi dozimetrik asboblar yordamida olchanadi. Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manba lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.

Berk nurlanish manbalari dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish tasir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obyektni ekranlash kerak.

Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin qarang Radioaktivlik. Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyasiya tizimlariga filtr qoyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur.

Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati RXX radiatsion nazorat olib boradi yana q. Radiatsion himoya.