ⓘ Odamato - islomga kora, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Quronga kora, Alloh Odamatoni loydan ozining yerdagi orin ..

Say

Say - Safo va Marva tepaliklari orasida chopish, umra va haj marosimlari shartlaridan biri. Say tavofdan song bajariladi. Say taxminlarga kora, Safo va Marva tepaliklarida turgan Isofa va Noila mabudlariga sajda qilishning mustaqil marosimi bolgan. Musulmon ananasida Sayning kelib chiqishi haqida bir necha fikrlar bor. Shulardan biriga kora, nomi zikr etilgan tepaliklar Odamato va Momohavoning dam olish joylari bolgan ekan, shuning xotirasi sharafiga Say bajo etiladi. Boshqa bir fikrga binoan Ibrohim Sayni bajo etib Allohga ibodat qilish marosimini ado etgan. Uning yoliga Iblis turib olgan ...

                                     

ⓘ Odamato

Odamato - islomga kora, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Quronga kora, Alloh Odamatoni loydan ozining yerdagi orinbosari sifatida yaratib, unga oz ruhidan jon ato etgan. Odamato Abulbashar deb ham ataladi. Islomda Odamato birinchi paygambar hisoblanadi. Alloh Odamatoga barcha narsalarning nomlarini orgatdi va bu bilan uni farishtalardan yuqori qoydi, farishtalarga Odamatoga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortdi. Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. Odamato jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha nematlardan yeyishlikka ruxsat berildi, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiqlandi. Iblis Odamato bilan Momohavoni aldab, taqiqlangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi.

                                     

1. Islom dinida Odam

Musulmonlar Odam birinchi yaratilgan inson va paygambar ekanligiga ishonadilar. Islomning muqaddas kitobi Qur’onda Odam Ato haqida yetti boshqa-boshqa joylarda yozilgan.

Islomda Odamni tuproqdan yaratilganligiga va Olloh Odamga yagona aqlli mavjudot bolgani uchun boshqa jonzotlarga orgatmagan narsalarni unga orgatganligiga ishoniladi. Olloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyuradi, lekin Iblis kibri tufayli unga sajda qilmaydi. Kibri sababli u Jannatdan haydaladi. Bazilar Iblisni isyonkor farishta bolganiga ishonsalarda, Qur’onda Qof surasida Iblis farishta emas, balki jin olovdan yaratilgan ekanligi ifoda etilgan.

Odamga juft qilib birinchi ayol, Momo Havvo yaratiladi. Olloh ularga Jannatda bitta daraxtning mevasidan tashqari hamma mevalarni yeyishga ruhsat beradi. Bir kuni iblisga ishonib yeyish man qilingan mevani yeydilar. Bu itoatsizlik tufayli Olloh ularni Jannatdan haydaydi va Yer yuziga yuboradi. Yer yuzida kopayishadilar.

Islom madaniyatida katta ahamiyatga ega bolgan bu qissa keyinchalik bir qancha madaniy va diniy oqimlarning tasiri tufayli yanada afsonaviy va Qur’ondagidan farqli tus oladi. Bugungi kunda bu qissaning bir biridan farqli kop variantlari bor.

                                     

2. Yahudiy dinida Odam

Yahudiylarga kora Odam borliqning yaratilishini oltinchi kunida tuproqdan yaratiladi. Birinchi bobda Erkak va Ayol birga yaratilgan deyiladi, ikkinchi bobda Ayolni Erkakning qovurgasidan yaratilgan deyiladi. Birinchi bobdagi ayolning ismi Lilith, ikkinchisida esa Havvo.

                                     

3. Masihiylik dinida Odam

Odam qissasi haqida Tavrotning Yaratilish bolimida soz yurutiladi. Masihiylikda Odamning Jannatda qilgan birinchi gunohi katta ahamiyatga ega. Odamning bu gunohi butun insoniyatga otgan va Iso bu gunohni yoq qilish uchun kelgan Xudo Qozisidir. Ozini bu gunoh uchun fido etgan.

                                     

4. Fan va Odam Ato

1800-yillardan beri evolutsiya nazariyasi Darwinning inson birdaniga yaratilmagan, balki evolutsiya sababli hosil bolgan degan korishlari tarafdori. Dunyoviy bilimda Odam faqatgina afsonaviy qahramon deb qabul qilingan. Bu qarashga qarshi chiqgan olimlar ham yoq emas. Diniy olimlar esa bu nazariyani turli xil yollar va fikrlar bilan rad qilib kelmoqdalar.