ⓘ Oltiariq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargona, shim.dan Namangan viloyati, garb va shim.garbdan Rishton, ..

                                     

ⓘ Oltiariq tumani

Oltiariq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargona, shim.dan Namangan viloyati, garb va shim.garbdan Rishton, Buvayda hamda Bagdod, shim sharkdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va jan.dan Qirgizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.63 ming km². Aholisi 166 ming kishi. Oltiariq tumanida 1 shahar, 1 shaharcha, 15 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Oltiariq shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududining jan. adirlar, soylarning yoyilmalari, kumli shorxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500–700 m. Bu yerlar toglardan oqib tushadigan kop soylarning qad. konglomeratlaridan - Sox svitasi komplekslaridan tarkib topgan qalinligi 80–200 m. Adirlarning Markaziy Fargona tekisliklariga qoshilib ketgan qanotlari yoyilma korinishida bolib, toshli-shagalli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shim. qismining relyefi keng tekislik bolib, yuzasini qum, gil, onlab m chuqurlikda toshli-shagalli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 m kalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz chokindilari bor. Iklimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol boladi tezligi sekun-diga 12–15 m. Yillik ortacha temperatura18°, iyulda 31 - 40°, eng yuqori temperatura 55°, yanvarda ortacha temperatura - 2°, eng past temperatura - 23°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100–180 mm. Adir va adir etaklarida och boz, toq boz, qongir boz, markaziy va shim. qismida otloqi, otloqibotqoq shorxok tuproklar tar-qalgan. Yovvoyi osimliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemer-oidlar, markaziy va shim. qismidagi qumliklarda shora, yulgun, selin, yan-toq va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, quyon, tulki, olmoxon, tipratikan, oqilon, chiporilon, burgut, boyogli, kalxat, qiygir va boshqa bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Jan. Fargona, Katta Fargona, Katta Andijon, Sox-Shohimardon kanallaridan suv oladi. "Qorgontepa", "Keng kol" suv omborlari qurilgan. Chol qismida yirik mineral suv havzasi bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar 93.5%, shuningdek, tojyk 4, qirgiz 1.9%, rus, koreys, ar-man, yapon, xitoy, nemis, chuvash, qozoq, ozar-bayjon, ukrain va boshqa millat vakillari 1.1% Ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 263 kishi togri keladi. Shahar aholisi 22 ming 500 kishi 14%, qishloqaholisi 143 ming 500 kishi 86%; 2003.

Xojaligi. Oltiariq tumani viloyatning markaziy qismida joylashganligi, muhim transport yollarining otganligi, iqlim sharoitining qulayligi tu-manda ishlab chiqarish, dehqonchilik va tadbir-korlik, madaniymaishiy sohalari va savdo-iqtiso-diy munosabatlarining rivojlani-shiga muhim omil bolmokda. Oltiariq tumani korxonalari va turli muassasalar Oltiariq shaharchasi, Tinchlik shahri, Qapchigay, Fayziobod qishloqlarida joylashgan. Tumanda respublikadagi dastlabki korxonalardan hisoblangan Oltiariq neftni qayta ishlash va Oltiariq paxta tozalash zavodlari, shuningdek, "Qiziltepa" mineral suv qadoqlash zavodi, Xamza" mineral suv qadoqlash zavodi, "Spring" suv qadoqlash zavodi, vagonlarni buglab yuvish korxo-nasi, Qapchigay temir-beton buyumlari zavodi, Polatobod gisht ishlab chiqarish zavodi, Fayziobod qurilish k-tlari 2 ta, 2 mexanizatsiyalashgan qurilish tashkiloti, MTP lari, 2 avtokorxo-na, avtomobil yollarini qurish, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa mavjud.

Tumandagi 1051 xojalik yurituvchi subyektlardan 18 tasi aksiyadorlik jamiyati, 15 shirkat xojaligi, 6 yirik sanoat korxonalari, 145 kichik va orta korxonalar, 326 fermer xojaliklardir.

Tuman hududida respublika ahamiyatiga ega bolgan Toshkent - Fargona hamda mahalliy Margilon - Qoqon, Vodil - Uchuy avtomagistrallari otgan. Qoplamali asfalt yollarining umumiy uz. 392 km.

Qishloq xojal igining yetakchi tarmogi - dehqonchilik. Tumandagi 24 ming ga sugoriladigan yer maydonidan 20.6 ming ga yerga ekin ekiladi. Oltiariq tumanida 15 shirkat xojaligi, Qiziltepa fermerlar birlashmasi, tuman fermerlar uyushmasi tomonidan 7895 ga yerga paxta, 8520 ga yerga don ekinlari ekiladi 2002. 534 ga ormonzor, 1530 ga kop yillik daraxtzor, shundan 1250 ga bog, 21 ga tokzor, 250 ga tutzor bilan band.

Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 29.8 ming qoramol shu jumladan, 12.8 ming sigir, 13.9 ming qoy, 32.6 mingdan ziyod parranda boqiladi 2003. Pillachilik bilan ham shugullaniladi.

Oltiariq tumanida 41 umumiy talim maktabi, 9 yillik tayanch maktabi, 4 litsey va gimnaziya, 5 kasb-hunar kolleji faoliyat korsatadi. Talim muassasalarida 41 mingdan ziyod oquvchiga 3 mingdan ziyod oqituvchi talimtarbiya beradi. Tumanda 2 bolalar va osmirlar sport maktabi, futbol maktablari ishlab turibdi. Markaziy madaniyat saroyi, Oltiariq markaziy oyingoxi, "Oltiariq" istiroxat bogi "Oltiariq tarixi" muzeyi, qishloq muzeyi, 5 madaniyat uyi, 26 jamoat kutubxona-si 239838 asar, "Zilola" ashula va raqs ansambli faoliyat korsatadi. Tuman markazida Xotira maydoni, "Motamsaro ayol" monumenti mavjud. Oltiariq tumanining Qiziltepa mavzesida Respublika ahamiyatiga molik "Oltiariq" faxriylar sanatoriysi va 2 ta viloyat ahamiyatidagi hamda Fayziobod bolalar sanatoriylarida tabiiy yer osti mineral suvi bilan davolash yolga qoyilgan. Ushbu mineral suv asosida "Qiziltepa" qadoqlash korxonasi tashkil etilib, 2002 yilda ushbu korxona mahsuloti Shveysariyada otkazilgan Xalqaro korgazmada Xalqaro "Sifat Oltin yulduzi" medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari "Xamza" mineral suv qadoqlash zavodi 2002-yilda Xalqaro "Jeneva" sovriniga sazovor bolgan.

Tumanda 6 kasalxona 830 orin, 7 poliklinika, 15 qishloq vrachlik punkti, 27 feldsher-akusherlik punkti, diagnostika markazlari, salomatlik-shoshilinch tez yordam markazi, silga qarshi kurashish dispanseri va boshqa tibbiy muassasalar "Salomatlik" dasturi asosida "Abakus", "Urosan", "Fillips", "Shiller" laboratoriya jihozlari va plazmaforez apparatlari bilan taminlangan. Tumanda sportning 22 turi boyicha 10 mingdan ziyod sportchi shugullanadi. Stol tennisi, qol jangi, futbol, kurash, karate, dzyudo, taekvando, muaytay rivojlangan. Sportning bu turlari boyicha Ozbekiston, Xalqaro musobaqalar sovrindor va goliblari shu tumandan yetishib chiqqan. Tumanda Qapchigay gori miloddan avvalgi 33 - 12 ming yilliklar, Zu-raymomo tepaligi miloddan avvalgi 6-a. Kitqonqala 1 - 4-asrlar; arxeologik man-zilgoxlar; Koktillo buva, Muyka Aziz buva, Umoch buva, Sertut buva, Shoh Tolib buva, Xasta xonim, Devona buva, Oqmozor kabi ziyoratgoxlar, Dosti Xudo masjidi Burbaliq, 18 - 19-asrlar va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar mavjud.

1931 yildan "Davr ovozi" gaz. nashr etiladi adadi 3000.