ⓘ Organik kimyo - uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning ozgarish qonunlarini organadigan fan. Kimyoning bir bo ..

                                     

ⓘ Organik kimyo

Organik kimyo - uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning ozgarish qonunlarini organadigan fan. Kimyoning bir bolimi. Organik kimyoning asosiy vazifasi - organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi boglanishni organish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yollarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud bolishi va uning amaliy faoliyatda ota muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar - oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yoglar, vitaminlar, gormonlar va boshqa - organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boyagichlar, dorilar va shahrik. ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni ozida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Bazi organik moddalar insonga juda qadimdan malum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Osimlik moylari va hayvon yoglari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri malum.Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. "Organik kimyo" terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning tuzilish nazariyasi asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi. Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olga surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy boglarning fazodagi yonalishi, toyingan va toyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning ozaro tasiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy boglarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan bazi murakkab organik birikmalar - V12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.

Organik birikmalarga tavsifli xossa - uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qosh yoki uch bog orqali togri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va kop halqali yadroli yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan ozga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi. Strukturasiga kora, organik birikmalar alifatik birikmalar ochik, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalariga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar va geterotsiklik birikmalarga bolinadi. Zanjirida qosh bog yoki 3 bogi bolmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toyingan birikmalar, qoshbog yoki 3 bog tutganlari - toyinmagan birikmalar hisoblanadi.

Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funksional guruhlarga almashtirish yoli bilan genetik qator keltirib chiqarish mumkin, mas, etan - etilxlorid - etanol - sirka aldegidi - sirka kislotasi va h.k. Bular uglevodorodlar RH funksional guruhi yoq, galogenalmashgan hosilalar RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon kislotalar RCOOH, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN nitrobirikmalar RNO2, tiollar markeptanlar RSH, sulfidlar R2S va boshqa Uglerod - uglerodli qoshboglar ham funksional guruxlar qatoriga qoshiladi.

Bir xil tuzilishga ega bolgan oxshash funksional guruxli organik birikmalar uglerod zanjiridagi - SN2 - guruxlari soni bilan farqlanganda gomologik qatorlar kelib chiqadi.

Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom Hal, O, N, 8lardan tashqari uglerod bilan boglangan elementlari bolgan birikmalar elementorganik birikmalar hisoblanadi.

Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye. Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta.

Organik kimyoning rivojlanishida Ozbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-asrning 20-yillarida Orta Osiyo universiteti kimyo f-tida prof. S. N. Naumov boshchiligida xinon va toluxinon - dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi 1933. 2, 3-siklogeksandion 1.4-dikarbon efiri tuzilishi organildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi, shorsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi.

40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini, xinozidin va boshqa olish yolga qoyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Ozbekiston osimliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini organishga kirishdi. Aromatik birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi I. P. Sukervanik va boshqalar. Aproton va proton kislotalar alkillash reaksiyalarida katalizatorlar sifatida qollandi, l-atsetilanizol olish usuli sanoatga tatbiq etildi. Ortotsiklogeksilfenol sintez qilin-di prof. A. R. Abdurasulova. Turli organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari organildi prof. A. B. Qochqorov. A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda qolladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan prof. A. Abduqodirov ham organik kataliz rivojiga katta hissa qoshdilar.

Metallorganik birikmalar prof. 3. M. Minulkin va kumir kimyosi prof. D. T. Zambramskiy rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli qollanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi Yo. Yu. Aliyev.

Keyingi 30 yil davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik birikmalar, kompleksonlar va organomineral ogitlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A. Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va boshqalarning ishlari tah-singa sazovordir.

/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 - 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr., Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T., 1987.

Qudrat Axmerov.