ⓘ Otar - yaylovda qoshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoy podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boyicha bir xil zotli qoylar, sovl ..

                                     

ⓘ Otar

Otar - yaylovda qoshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoy podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boyicha bir xil zotli qoylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. Otardagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800 - 900 ona qoy; 4 - 18 oylik toklilar uchun 800 - 1000 bosh; ona qoydan ajratilgan qozilar uchun 600 - 800 bosh; yarim dagal va dagal junli ona qoylar uchun 900 - 1000 bosh; axta qochqor va qochiriladigan qoylar uchun 1000 va undan ziyod. Chol mintaqalarda Otar soni yanada yirikroq bolishi ham mumkin. Naslchilik fermalarida Otarlardagi qoylar soni mahsulot beradigan O.larga nisbatan 15 - 20% kichikroq boladi. Otarlarni 3 - 4 kishidan iborat choponlar guruhi boqadi.

                                     

1. Etimologiyasi

Otar kirill.отар- turk otar, ozbekotar, qaraim, tuva odar, oltoy shuningdek qaraim tilining qrim dialekti, qomiq, qozoq, nogoy, qoraqalpoq tillari, shuningdek qirgiz, qrim-tatar utar tillari, boshqird utar tillariga mansub bolib, yuqorida korsatilgan tillarning aksariyatida ovul, ovuldan uzoqda joylashgan qoy podasi boqiladigan maydon yoki yaylov, ogilxona, podani yozda saqlash uchun moljallangan tosiqlar bilan tevarak atrofi oralgan maydon va uning chekkasidagi somonxona, qishloq, uzoqda joylashgan kichik maskan va Otar manolarida ishlatilgan.