ⓘ Qoshtepa tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yilda tashkil etilgan. Keyinchalik tuman hududidan Toshloq, Yozyovon kabi yangi tumanlar ajralib chiqqan. Gar ..

                                     

ⓘ Qoshtepa tumani

Qoshtepa tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yilda tashkil etilgan. Keyinchalik tuman hududidan Toshloq, Yozyovon kabi yangi tumanlar ajralib chiqqan. Garbdan Oltiariq, janubdan Fargona, shimoldan Yozyovon, sharqdan Toshloq tumanlari va Margilon shahri bilan chegaradosh. Maydoni 0.39 ming km². Aholisi 137.3 ming kishi. Qoshtepa tumanida 16 ta qishloq fuqarolari yigini. Markazi - Langar qishlogi.

                                     

1. Tabiati

Tuman Fargona vodiysining markazida, Yozyovon cholida joylashgan. Relyefi keng tekislikdan iborat, shim. tomon pasayib boradi; dare yoyilmalari va ularning oraligidagi pastliklar hamda Sirdaryoning qayir usti terrasasi, suvi qurib qolgan kol botiklari bilan birga kad. soylarning ozanlari, qum barxanlari va tepalari uchraydi. Iklimi keskin kontinental. Yozi issiqroq, qishi sovuqroq. Bahorda garbdan shamol esib turadi. Yillik ortacha temperatura 13.6°. Iyulda ortacha temperatura 27°, eng yuqori temperatura 43°, yanvarda ortacha temperatura - 2.2°, eng past temperatura - 23°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yillik yogin 110–130 mm. Tuman hududi orqali Katta Fargona kanali 27 km, Margilonsoy, Jan. Fargona kanali oqib otadi.

Tuman hududi murakkab gidrogeologik orinda joylashgan. Tevarak atrofdagi balandliklardan kelgan sizot suvlari va sugorishdan chiqqan oqova suvlar yer osti suvini kopaytiradi. Sizot suvi yuza 1 - 1.5 m. Yer ostidagi suvli qatlamlardan suv artezian qudugi orqali chiqarib olinmoqda.

Tuman hududining katta qismini qisman shorlashgan otloqi va otloqibotqoq tuprokdar, bazan shorxok tuproqlar ishgol qiladi. Otloqi tuproqlarda butun vegetatsiya davrida namlik yetarli boladi. Janub qismida och boz, sugoriladigan boz-otloqi, botqoq otloqi tuproqlar chirindisi 2 - 4% bor. Yovvoyi osimliklardan cherkez, qandim, selin, yulgun, qum tepalari oraligidagi tekisliklarda shora, lyossli-gilli yerlarda shuvoq, zovurlar ichida qamish osadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, kemiruvchilar va sudraluvchilar bor.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar 92.5% shuningdek, qirgiz 6.5%, tatar, tojik, rus va boshqa 1% yashaydi. 1 km²ga 352 kishi togri keladi. Qishloq aholisi 137.3 ming kishi 2003.

                                     

3. Xojaligi

Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Shirkat xojaliklari paxtachilik, gallachilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, ipakchilik, chorvachilik bilan shu-gullanadi. Qoshtepa tumanida 1000 dan ortiq xojalik yurituvchi subyektlar royxatga olingan. Shulardan 74 tasi yirik korxonalar, 942 tasi kichik va orta biznes korxonalari, bundan tashqari, 649 ta fermer xojaliklari, 379 ta dehqon, 218 ta bogdorchilik, 31 ta chorvachilikka yonaltirilgan fermer xojaliklari bor.

Tumanda Jan. Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan "DEU tekstam kompani" korxonasi, "Fargona naslli parranda", "Matlubotnon", MTP, Qoraqushchi mexanika tamirlash, suvni qayta tozalash korxonalari, "Raskar-200", "Yogdu" singari kichik korxonalar faoliyat korsatadi.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi - paxtachilik. Tumanda jami 24.6 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 11 ming ga yer maydo-niga don, 11.02 ming ga yer maydoniga paxta ekiladi, 2.6 ming ga dan ortiq maydon poliz, ozuka ekinlari, sabzavot, bog va tokzorlar bilan band. 15 shirkat xojaligi, yirik bordoqichilik korxonasi mavjud. Ormon xojaligi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 25.8 ming krramol shundan 11 mingga yaqini sigir, 25.5 mingga yakin qoy, 311 ot, 176.7 mingga yaqin parranda boqiladi 2003.

Avtotransport yollarining uz. 266 km. 2002/2003 oquv yilida 49 umumiy talim maktabi, 2 litsey-internatda 36.9 mingga yaqin oquvchi talim oldi, shuningdek, 2 kollej 570 talaba faoliyat korsatadi.

Markaziy madaniyat uyi, qishloklarda ularning 6 ta filiali, 25 kutubxo-na, 2 madaniyat saroyi, 2 stadion mavjud. 3 kasalxona 500 orin, sanitariya nazorati, "Salomatlik" markazlari, 3 poliklinika, 15 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 10 dorixona, 4 xusu-siy kasalxona ishlab turibdi. Tumandagi barcha tibbiy muassasalarda 192 vrach har 10 ming aholiga 15 vrach ishlaydi.

"Istiqbol yoli" tuman gaz. 1943 yildan chiqadi adadi 5 ming.