ⓘ Oq tol - toldoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Novdalari togri, egiluvchan, bargi ingichka, uzun, cheti arra tishli, ikkala tomoni kumush-rang tuklar bil ..

                                     

ⓘ Oq tol

Oq tol - toldoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Novdalari togri, egiluvchan, bargi ingichka, uzun, cheti arra tishli, ikkala tomoni kumush-rang tuklar bilan qoplangan. Kuchalasi 3 - 5 sm, bargi bilan bir vaqtda chiqadi. Apr, - mayda gullab mevalaydi. Kanallar, ariqlar va hovuzlar boyiga ekiladi. Novdasidan qalamcha qilib kopay-tiriladi. Bir yillik novdalaridan savat va boshqa anjom toqiladi, 3 - 4 yilliklari esa sori, ishkom qilishda ishlatiladi.