ⓘ Payariq tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov ..

                                     

ⓘ Payariq tumani

Payariq tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq tumaniga qoshilgan. 1991 yilda Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001 yilda yana Payariq tumani bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq tumani tashkil qilindi. Payariq tumani ortacha 610 m balandlikda. Shim garbdan viloyatning Qoshrabot, garbdan Ishtixon, jan.dan Oqdaryo va Jomboy tumanlari, shim.dan Jizzax viloyatining Forish, shim sharqdan Gallaorol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1.29 ming km². Axrlisi 182.9 ming kishi. Tumanda 2 shahar, 6 qishloq fuqarolari yigini bor. Tuman markazi - Payariq shahri

Tabiati. Tuman hududi Nurota tog tizmalarining jan.da joylashgan. Relyefi shim.da toglar, adirlar, tog oraligi botiqlari, jan. qismi tekislikdan iborat. Tuproqlari, asosan, och boz tuproq, tog etaklarida toq boz tuproq, jigarrang va qongir tog-ormon tuproqlari.

Yovvoyi osimliklardan shuvoqshora aralash efemerlar, bugdoyiq va togchalachol osimliklari osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, chiyabori, quyon, jayran, jayra, gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, korsichqon, tipratikan, kalamush, qushlardan sofitorgay, chumchuq, chugurchiq, zargaldoq va boshqa uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik ortacha temperatura 13.4°, yanvarning ortacha temperaturasi - 1.2°, iyulniki 27°. Eng yuqori temperatura 45°, eng past temperatura - 28°. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik ortacha yogin 312 mm, asosan, qishda va bahorda yogadi. Toglardan oqib tushadigan mayda soylar bahor oylarida Saganoqsoyga borib quyiladi. Jan. tekislik qismidan Zarafshon daryosining irmoqlari - Qorasuv va boshqa mayda soylar oqib otadi. Ekinlarni sugorishda Zarafshon va boshqa daryo hamda soylardan foydalaniladi.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 142 kishi.

Xojaligi. Tumanda paxtachilik bilan birga don yetishtirish va chorvachilik muhim tarmoqlardan hisoblanadi. Tumanda "Baltimor" Rossiya - Amerika qoshma korxonasida konserva, kompot, tomat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qurilish oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Paxta tozalash, gisht zavodlari bor. Kichik, xususiy korxonalar faoliyat korsatadi. Tumanda shirkat, fermer xojaliklari mavjud. Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor va tutzorlar bor.

Tuman xojaliklarida qoramol, qoy va echki boqiladi.

Payariq tumanida 98 umumiy talim maktabi, 2 musiqa, 3 sport, 1 futbol maktablari, 2 adabiyot va til markazi, Chelak sanoat-transport, Payariq, Al Buxoriy qishloq xojaligi kollejlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning 61 tarmogi, 2 bolalar, 1 maxsus kutubxona, markaziy madaniyat uyi, shahar, 24 qishloq madaniyat uylari, 3 avtoklub, xalq teatri ishlab turibdi.

Tumandagi markaziy kasalxona va uning Chelak, N.Azizov, Oxunboboyev, Navoiy, Oqqorgon, Koltosin hududiy bolimlari, 2 tez tibbiy yordam bolimi jami 565 davolash orni, 2 poliklinika, 30 qishloq vrachlik punkti, 47 feldsher-akusherlik punktida 284 vrach, 1825 orta va kichik tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Samarqand - Payariq - Qoshrabot yollari orqali Navoiy, Jizzax viloyatiga, Samarqand - Chelak - Mitan orqali Qoshrabottumani hamda Navoiy viloyati yonalishi boyicha avtobuslar qatnaydi.

Tumandagi tarixiy va memoriy yodgorliklar ichida eng yirigi Imom al"Buxoriy yodgorlik majmuidir qarang "Buxoriy yodgorlik majmui. Payariq shahrining shim. qismida Tohir shayx maqbarasi va masjidi bor. Chelaktepa, Shortepa, Uchtepa, Yigirmatepa, Ernazartepa, Qorovultepa, Moylitepa, Yoltepa kabi tepaliklar saqlanib qolingan.

                                     
  • Do stlik ruscha: Дустлик - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Oqqo rg on ruscha: Аккурган - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Qorasuv ruscha: Корасу - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Payariq 1991 yilgacha Narimonovka posyolkasi - Samarqand viloyati Payariq tumanidagn shahar 1991 yildan tuman markazi. Nurota tog lari yon bag rida
  • 25.8, Payariq tumani - O zbekiston Respublikasi xalq o qituvchisi 1995 Samarqand Davlat Universitetini tugatgan 1962 1962 yildan Payariq tumanidagi
  • Zuxra Tuganova 1947.1.8, Payariq tumani - O zbekiston Respublikasi xalq o qituvchisi 1995 Samarqand Davlat Universitetini tugatgan 1971 1971 - 97
  • Samarkand viloyati Payariq tumanidagi shahar 1981 yil dan Ilgari uning o rnida Oytamg ali qishlog i bo lgan. Chelak shahri Chelak tumani markazi sifatida
  • Ishtixon tumani - O zbekiston Respublikasi Samarkand viloyatidagi tuman. Samarqand shahridan 68 km. Viloyatning Qo shrabot, Payariq Kattaqo rg on, Pastdarg om
  • tugatgan. 1969 yildan Payariq Guliston tumanlaridagi maktablarda ingliz tili o qituvchisi, internat maktabda o quv bo limi mudiri, Payariq tuman xalq ta limi