ⓘ Pallali goza, qaychibarg goza - yovvoyi goza turi. Genomi D7, xromosomalar soni 2p=26. 1956 yilda kashf qilingan. P.g.ning vatani - Meksika. P.g. - ingichka, bo ..

                                     

ⓘ Pallali goza

Pallali goza, qaychibarg goza - yovvoyi goza turi. Genomi D7, xromosomalar soni 2p=26. 1956 yilda kashf qilingan. P.g.ning vatani - Meksika. P.g. - ingichka, boyi 8 m gacha yetadigan och yashil daraxt; yuqoriga yonalgan osuv shoxlari kop. Hosil shoxlari kalta; gullari barg qoltigidan chiqadi. Goza yulduzchasimon tuklar bilan qoplangan. Barglari yirik, och yashil, qalin tukli. Barg plastinkasi bilinar-bilinmas 3 bolakchaga bolingan. Barg shira bezi bitta, silindr shaklida, och yashil. Yonbarglari yirik, tezda tokilib ketadi. Gullari yirik, qongiroqsimon, gulbargi och qizil, olcha rang doglari bor, tashqi tomonining cheti toq qizil. Kosachasi uzun uchburchak tishli. Gulyonbarglari mayda, tokilib ketmaydi. Kosaklari may-daroq, 3 chanoqli, ingichka silindrsimon, otkir ko-nussimon shaklda, sirtida kozga aniq tashlanadigan bezchalari bor. Chigiti uzunchoq, 3–4 mm uzunlikdagi qongir tuklar bilan qoplangan. P.g. fotodavriy ozgarishlarga tasirchan. Shiraga chidamli. Chigiti qattiq - toshchigit. Uch bolma bargli gozaga payvand qilingan P.g. yaxshi rivojlanib gullaydi. Meksika gozasining yovvoyi shakllari bilan oson chatishib, bepusht duragaylar hosil qiladi. Abdumavlon Abdullayev.