ⓘ Palmitin kislota, geksadekankislota.SN |4SOON - bir asosli toyingan karbon kislota, rangsiz kristallar. Mol. m. 256.43; su-yuklanish temperaturasi 62.9°, qaynas ..

                                     

ⓘ Palmitin kislota

Palmitin kislota, geksadekankislota.SN |4SOON - bir asosli toyingan karbon kislota, rangsiz kristallar. Mol. m. 256.43; su-yuklanish temperaturasi 62.9°, qaynash temperaturasi 105°, suvda erimaydi, spirt, benzol, atsetonda 20° da oz, 60°da yaxshi eriydi. Tabiatda keng tarqalgan toyingan yog kislota. Barcha tabiiy yoglarda trigli-serid holida uchraydi. Palma moyida 32 - 40%, soya moyida 6.5%, mol yogida 25%, chochqa yogida 30% Palmitin kislota boladi. Palmitin kislota spermatset, asalari muminnng asosiy tarkibiy qismidir. Palmitin kislota tirik orga-nizmda koferment A ishtirokida biosintezlanadi.

Palmitin kislota yogdan sovunlanish reaksiyasi asosida olingan kislotalar aralashmasini rektifikatsiyalab yoki qayta kris-tallash yoli bilan olinadi. Palmitin kislota yuvuvchi vositalar, surkov moylari va plasti-fishtorlar olishda, tuzlari boshka kislota tuzlari bilan birgalikda emulgator sifatida kosmetik preparatlar va xojalik sovuni tayerlashda ishlatiladi. Bazi efirlari boyoq va sintetik detergent lar olishda, stearin kislota bilan birgalikda sham tayerlashda qollanadi yana q. Yoglar, Osimlik moylari.