ⓘ Parkent, uzum. Parkent, Parakati, Pushti Parkati - ortagi mahalliy xoraki uzum navi. Xalq seleksiyasi da yara-tilgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga ..

                                     

ⓘ Parkent (uzum)

Parkent, Parakati, Pushti Parkati - ortagi mahalliy xoraki uzum navi. Xalq seleksiyasi da yara-tilgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Barglari urtacha va yirik kattalikda, keng panjasimon yoki yumaloq shaklda, chetlari qirrali, bazan qirrasiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, silindrsimon, zichligi ortacha. Gujumi yirik, dumaloq-oval shaklda, toq-qizil yoki toq pushti rang. Eti sershira, postiyupqa, gubor bilan qoplangan. Kurtagi ^ kokarganidan keyin Toshkent viloyatida faol harorat yigin-disi 3000 - 3200°da 135 - 140 kunda, sentabr ortalarida yaxshi pishib yetiladi. Tupi kuchli usadi, novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 180 - 220 s/ga. Sovuqqa chidamsizligi, kul kasalligiga moyilligi bilan ajralib turadi. Yangiligida istemol qilinadi, musallas, desert va shampan vinolari tayyorlanadi. Qisman mayiz solinadi. Toshkent viloyatida kop ekiladi.