ⓘ Aluminiy oksidi – rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati – 2072°C, suvda erimaydi. Aluminiy oksidi amfoter oksiddir, konsentrlangan kislotalarda erib, alu ..

                                     

ⓘ Aluminiy oksidi

Aluminiy oksidi – rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati – 2072°C, suvda erimaydi. Aluminiy oksidi amfoter oksiddir, konsentrlangan kislotalarda erib, aluminiy tuzlarini, ishqorlarda erib, aluminat kislota tuzlari – aluminatlarni hosil qiladi. Aluminiy oksidining har xil tarkibli gidratlangan shakllari malum. Aluminiy gidroksidga gidrargilit va suniy yol bilan olinadigan bayerit kiradi. Aluminiy oksidi aluminiy olishda ishlatiladi, aluminiy oksidining ozi esa boksit, nefelin va kaolindan olinadi. Tabiatda aluminiy oksidi kristallari korund, yoqut va sapfir hollarida uchraydi; korund nihoyatda qattiq bolganidan qayroqtosh va jilvir sifatida, yoqut va sapfir zargarlikda ishlatiladi. Aluminiy oksididan otga chidamli material va buyumlar tayyorlashda ham foydalaniladi.