ⓘ Pastdargom tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatilagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrida tashkil etilgan. 1929 - 38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb a ..

                                     

ⓘ Pastdargom tumani

Pastdargom tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatilagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrida tashkil etilgan. 1929 - 38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001 yilda Pastdargom tumaniga Gozalkent tumani qoshildi. Shim.dan Oqdaryo va Ish-tixon, garbdan Kattaqorgon, Nurobod tumanlari, jan.dan Qashqadaryo viloya-ti va sharkdan Samarqand tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.53 ming km². Aholisi 299 562 kishi. Pastdargom tumanida 1 sha-har, 1 shaharcha, 9 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Juma shahri.

                                     

Tuman nomining kelib chiqishini mahalliy tilshunos, toponimistlar daryo dargomning quyisi quyisidagi yer, hudud deb izohlaydilar. Haqiqatan ham ZARAFSHON daryosining pastki qismida joylashgan DARGOM kanali tuman hududidan oqib otadi. 1141 yilning 9 sentyabrida KOTVON dashtida Saljuqiylar va Qoraxitoylar ortasidagi jang DARGOM daryosi boyida bolib otgan va tarixchilarning takidlashicha ". jangda Saljuqiylardan 30 ming kishi halok bolgan, 10 ming kishini DARGOM daryosi oqizib ketgan". Daryo nomi "BOBURNOMA"da ham uchraydi.

                                     

2. Tabiati

Tuman relyefi yassi tekislik bolib, sharqdan garbga nishab. Yerining yuzasi uchlamchi davr chokindi jinslaridan tashkil topgan. Ustki qismini ZARAFSHON va uning irmoqlari oqizib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplagan. Tuman hududining janubiy-sharqi ZARAFSHON tog tizmalarining garbiy uchi bilan band. Eng baland nuqtasi 2204 metrgacha yetadi. Janubiy-garbiy qismi QARNOBCHOL dashtining sharqiy va QARSHI cholining shimoliy chekkalaridan iborat chala chollardir. Tuproqlari, asosan, boz tuproq. Chol hududida ozroq shorxoklar bor. Tog etaklarida jigarrang va qongir tog-ormon tuproqlari tarqalgan. Yovvoyi osimliklari: shuvoq, bugdoyiq va togchala chol osimliklaridan iborat. Daryolarning qayirlarida rovak, qamish, shorajriq, suvrang, kampirsoch, itgunafsha, yulgun va boshqalar osadi. Yovvoyi hayvon va parrandalardan: bori, tulki, quyon, chiyabori, jayron, jayra, qobon, kaltakesak, toshbaqa, sariq ilon, echkiemar, korsichqon, kichik qoshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush, qirgovul, loyxorak, ordak, sofitorgay, chugurchiq, zargaldoq va bboshqalar uchraydi. Tuman hududining shimolidan ZARAFSHON daryosining tarmogi - QORADARYO va boshqa soylar oqib utadi, garbida yozda qurib qoladigan soylar bor. Tuman hududi orqali DARGOM kanali, ESKI ANHOR kanali otadi. Iqlimi keskin kontinental. Lekin, shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan toglar bilan oralganligi uchun qishi iliqroq. Yanvar oyida ortacha harorat - 1.9°, iyulda 27.2°, eng past harorat - 26°, eng yuqori harorat 44°. Yillik yogin 328 mm bolib, asosan, qish va bahorda yogadi.

                                     

3. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 504 kishi.

                                     

4. Xojaligi

Tuman xojaligida yetakchi tarmoq qishloq xojaligi Pastdargom tumanida paxta tozalash zavodlari Juma va Charxin, "Ozbiokom-binat" korxonasi, "Agrokimyotaminot" aksiyadorlik birlashmasi, "Agromashservis" aksiyadorlik jamiyati,’ qurilish tashkilotlari, gisht zavodi, "Paxtabank", "Tadbirkorbank", Milliy bank bolimlari, Mebellar uyi, supermarket, 346 savdo dokonlari, bozorlar, 99 umumiy ovqatlanish, 239 maishiy xizmat korsatish korxonalari mavjud. Qoshma, kichik va xususiy korxonalar faoliyat korsatadi.

Pastdargom tumanida 10 ga yaqin shirkat xojaligi, Pastdargom ijara xojaligi va boshqa bor.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlarning 16.8 ming ga yeriga paxta, 14.7 ming ga yeriga don va boshqa ekinlar ekiladi 2003.

Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, ot, par-randa boqiladi.

                                     

5. Maorifi

Pastdargom tumanidagi 116 umumiy talim makta-bida 59287 oquvchi talim oladi, 3 kasb-hunar kolleji, respublika badiiy aka-demiyasi tasarrufidagi 1 sanat litseyi, Ozbekiston - Koreya hamkorligida ochilgan sanat kolleji, 2 musiqa maktabi mavjud, 59 kutubxona, 22 klub, madaniyat uylari va saroylari, mada-niyat va istirohat boglari, 22 xalq te-atri, 6 xalq ansambli faoliyat korsa-tadi. Tumanda 12 stadion, 890 sport maydonchalari, sportning milliy ku-rash, karate, real-aykido turlari va boshqa boyicha sport klublari ishlab turibdi.

                                     

6. Tibbiy muassasalari

Pastdargom tumanidagi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 kasalxona, 5 shifoxona, 76 feldsher-akusherlik punktlari, 200 qishloq-davolash ambulatoriyalari, 16 qishloq vrachlik punktlari, 21 dorixona mavjud.



                                     

7. Transporti

Tuman hududi orqali Toshkent - Dushanba, Toshkent - Qarshi poyezdlari otadi. Kattaqorgon - Juma - Samarqand, Samarqand - Sazagon - Jom, Juma - Xoncharvoq va boshqa yonalishlarda avtobuslar qatnaydi. Toshkent - Urganch, Toshkent - Navoiy yonalishlari boylab qatnaydigan avtobuslar ham tuman hududi orqali otadi. Juma - Saza-gon ortasida qattiq qoplamali avtomobil yoli otkazilgan. 1931 yildan "Pastdargom haqiqati" tumani gaz.si chiqadi.