ⓘ Paxtakor tumani - Jizzax viloyati tarkibidagi tuman. 1967 yil 9 yanvarda Mirzachol janubi-garbidagi ozlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida t ..

                                     

ⓘ Paxtakor tumani

Paxtakor tumani - Jizzax viloyati tarkibidagi tuman. 1967 yil 9 yanvarda Mirzachol janubi-garbidagi ozlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974 yil Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan ushbu viloyat tarkibiga otkazilgan. Garbda Zafaro-bod va Arnasoy, shimolida Dostlik, sharqda Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanlari va viloyatning Zarbdor, janubida Jizzax tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0.38 ming km². Aholisi 57.9 ming kishi. Paxtakor tumanida 1 shahar, 7 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Paxtakor shahri

                                     

1. Tabiati

Tuman hududi Mirzacholning garbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik ortacha balandligi 295 m. Yer osti suvlari yuza va shor hamda shortob. Tuman hududidan Janubiy Mirzachol Kanali otgan. Oqova shor suvlarni chiqarib yuborish uchun zovurlar qazilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning ortacha temperaturasi 30 - 35°, eng yuqori temperatura 40°, yanvarniki - 4°. Yillik yogin 280–300 mm. Vegetatsiya davri 205 - 210 kun. Tuproqlari, asosan, boz, och boz, shorxok tuproqlar. Yovvoyi osimliklardan yantoq, shora, shuvoq, qongirbosh, qiyoq, qamish, yulgun, oqbosh, gumay, pechak, ituzum, tol, jiyda, terak osadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabori, quyon, kala-mush, ilon, kaltakesak; qushlardan ordak, tustovuq, qirgovul, kalxat, kaptar, chugurchiq, qarga, sofitorgay, mayna va boshqa bor.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar 88%, shuningdek, qozoq, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 152 kishi togri keladi. Shaharliklar 19.4 ming kishi, qishloq axoliyey 38.5 ming kishi.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xojaliklari paxtachilik, gallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogdorchilik, chorvachilik bilan shugullanadi. Tumanda Ozbekiston - Polsha "Ozpolteks" qoshma korxonasi, 140 ga yaqin kichik korxona va xususiy firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, 2 paxta tozalash zavodi, qishloq xojaligi texnikasini tamirlash korxonasi, Paxtakor shahri bozori mavjud. Qishloq xojaligining yetakchi tarmoklari - paxtachilik, gallachilik. Sugoriladigan yerlar 26.5 ming ga dan ziyod, shu jumladan, 12.8 ming ga yerga paxta, 11.1 ming ga yerga galla, 2.6 ming ga yerga boshqa ekinlar ekiladi. 12 shirkat, 965 fermer xojaliklari bor. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 15.2 mingga yaqin qoramol, 11.4 mingdan ziyod qoy va echki, 275 yilqi boqiladi 1999. Paxtakor tumanida 20 umumiy talim maktabi 13.2 ming oquvchi, shu jumladan, internatmaktab, boks va kurash maktabi, bolalar sport maktabi, litsey, kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogi, badiiy havaskorlik, folklor-etnografik ansambllari ishlab turibdi. Markaziy stadion, bolalar sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, shahardagi har bir mahallada sport majmualari faoliyat korsatadi. Markaziy kasalxona 280 orin, kattalar va bolalar poliklinikalari, 5 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalar bor.

Paxtakor - Jizzax, Paxtakor - Toshkent, Paxtakor - Guliston, Paxtakor - Samarqand yonalishlari boyicha avtobus qatnovi yolga qoyilgan.

1969 yildan "Paxtakor" gazeta chiqadi 1999 yilda adadi 1 ming.